So’nggi yangiliklar

13:15"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи  9 12:31Мбаппе Роналдуга мурожаат қилди: "У менинг дўстим ва кумирим"  2 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Атлетико", "Барса" МЮ ва бошқалар  0 11:54"Ливерпуль” "Барселона"нинг собиқ ҳимоячисига қизиқмоқда  0 11:25Криштиану Роналду "Форсаж 11"да  8 10:53"Хоразм" футболчиси ОКМКни танлади  0 10:21Колумбия терма жамоаси юлдузи: "Биз ЖЧни интиқлик билан кутмоқдамиз"  3 09:55Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  1 09:28"Локомотив" собиқ ҳужумчисини ортга қайтармоқчи  2 09:002025 йилнинг энг яхши 100 нафар футболчиси эълон қилинди. Месси ва Роналду ТОП-30дан жой олишмади  16 08:30Килиан Мбаппе "Реал Мадрид" тарихидаги Криштиану Роналдунинг рекордини такрорлади  4 08:02ФИФА "Ал Насср" клубига трансфер тақиқи қўйди  1 07:39Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  7 04:29Франция кубоги. ПСЖ "Фонтене"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди  0 04:27Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Севилья"ни таслим этди  24

Zohir Pirimov: “Faoliyatim davomida birinchi marotaba shunday holatga duch keldim” Yangiliklar

Zohir Pirimov: “Faoliyatim davomida birinchi marotaba shunday holatga duch keldim”

Teglar :  Zohir PirimovSurxon
Tajribali yarim himoyachi Zohir Pirimov “Surxon”ni tark etdi.

Futbolchi termizliklar safida birinchi davrada o'yin amaliyotisiz qolib ketdi. Natijada, u jamoa bilan xayrlashdi. SHundan keyin futbolchi bilan bog'lanib, ketish sabablari va rejalari borasida fikrlariga quloq tutdik. 

- Zohir aka, “Surxon”ni tark etdingiz. Nima sababdan bu qarorga keldingiz?

- Jamoani tark etishimning asosiy sababi kam o'yin amaliyotiga ega bo'ldim. Deylik, birinchi davra yakunida bosh murabbiy bilan gaplashdim. Ikkinchi davrada ham ko'p o'yinlarda zaxirada qolib ketishim mumkinligini aytdi. Menga esa bu to'g'ri kelmasligini aytdim va shartnomani kelishgan holda bekor qildik. CHunki butun faoliyatim davomida bunday holatga birinchi marotaba duch kelmoqdaman. Har mavsum kamida 15ta uchrashuvdan kam o'ynaganimni eslay olmayman. 

- O'yin amaliyotisiz qolib ketishingizga qandaydir sabablar bormidi?

- Bilmadim. Bu savolni ko'proq murabbiyga berilsa to'g'ri bo'lardi. Kam o'ynayotganim sababli murabbiy bilan gaplashganmizda har doim mening tajribamga ishonishini takidlab kelardi. Yoshlarga ko'maklashishimni so'rardi. O'z navbatida men ham qo'limdan kelgancha yordam berishga harakat qildim. Mashg'ulotlarda doimo bor kuchim bilan mehnat qilib keldim.  Balki bosh murabbiyning uslubiga mos kelmagan bo'lsam kerak. O'yin amaliyotisiz jamoada qolishni o'zimga ep ko'rmadim. Men doimo jamoa uchun qo'limdan kelgancha yordam berishga odatlanganman.

- Aytingchi, bosh murabbiy bilan qandaydir kelishmovchilik bo'lganmi?

- Murabbiy bilan hech qanday muammo bo'lgani yo'q. Munosabatlarimiz joyida edi.

- Anxel Lopes “Surxon”ni qay darajada kuchaytira oldi?

- O'zgarish qila oldi. Deylik, jamoa o'yinda tajovuzkorlik, hujumkorlikni oshirishga intilmoqda. Ko'plab futbolchilarning o'ziga bo'lgan ishonchlarini qaytara oldi. 

- Transfer oynasi yakunlanishiga kam fursat qolmoqda. Takliflar bormi?

- Bir nechta jamoalardan takliflar bor. Lekin hali aniq emasligi bois, bir qarorga kelganim yo'q.

- Yoshingizdan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, hozir ham Cuperligada yuqori sport formada o'ynay olasizmi?

- Albatta Superligada bor kuchim bilan o'ynay olaman. Bu hali hammasi tugamaganini isbotlashga harakat qilaman.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика