Zlatko Dalich: “Bizga oltin kerak, bu bizda yo'q yagona medal”
15 iyu 2023 08:36
Yangiliklar
Zlatko Dalich: “Bizga oltin kerak, bu bizda yo'q yagona medal”
Xorvatiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zlatko Dalich Millatlar ligasining finaliga yo'l olganidan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Jamoa azolarini barchasini tabriklayman. Bu butun Xorvatiyaning g'alabasi. Gollandiya terma jamoasini o'z maydonida 4:2 hisobida mag'lub etish — katta muvaffaqiyat. Bizda yana bir medal bor. Biz bunga loyiqmiz. Bu Xorvatiya terma jamoasining asosiy g'alabalaridan biridir. Gollandiyani o'z stadionida mag'lub etdik. Bu albatta tarixiy g'alaba.
Finalda kim bilan o'ynashimizni farqi yo'q. Hozircha biroz bayram qilamiz, keyin biroz dam olamiz. Keyingi raqib kim bo'lishi muhim emas, faqat Xorvatiya muhim. Bizga oltin kerak. Bu bizda yo'q yagona medal: Bizda kumush, bronza bor, endi biz yo'q bo'lgan oltinni qo'lga kiritish niyatidamiz”, — dedi Dalich.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
Fikrlar