Zidan: "Yuzimga qarab: "Ketishingni istaymiz" deb aytaveringlar"
06 fev 2021 00:32
Yangiliklar
Zidan: "Yuzimga qarab: "Ketishingni istaymiz" deb aytaveringlar"
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan matbuot anjumanida kelajagi borasidagi savolga javob berdi.
"O'tgan mavsumda LaLigada chempion bo'ldik. Biz. "Real". O'tgan mavsumda. Balki kelasi mavsumda o'zgarishlar bo'lar. Biroq kurashishga haqqimiz bor. Keling, birga kurashaylik.
CHempionatni o'tgan yili yutdik, 10 yil oldin emas. Bunga hurmat bilan qaraylik.
Sizlar juda ko'p gapirasizlar. SHu bilan birga javobgarlikni ham bo'yningizga olishingiz kerak. Yuzimga qarab: ketishingni istayman, deb aytavering. Orqadan gapirgandan ko'ra, shu yaxshiroq.
Bir kun kelib, "Real"dan ketaman. Ammo ungacha durang va mag'lubiyatlardan keyin istefo haqida gapiraverish ham juda noo'rin. Har bir yomon o'yindan keyin mendan shu haqida so'rashadi. Bunday munosabatga loyiq emasman", - dedi Zidan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar