Zidan "The Best" marosimida Mbappega "Real"ga o'tishni maslahat berdi
25 sen 2018 12:09
Yangiliklar
Zidan "The Best" marosimida Mbappega "Real"ga o'tishni maslahat berdi
"Real" jamoasining sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan PSJ forvardi Kilian Mbappe faoliyatini Madridda davom ettirishi kerak deb hisoblaydi.
Francuz mutaxassisi bu fikrini futbolchiga Londonda bo'lib o'tgan "The Best FIFA Football Awards 2018" marosimi paytida aytgan. Bu haqda ispaniyalik mashxur jurnalist Eduardo Inda malum qilgan.
"Londonda FIFA taqdirlash marosimi oldidan Zidan Mbappe bilan uchrashdi. Francuz futbolchiga quyidagi gaplarni aytdi: "Kilian, sen "Real" uchun o'ynashing kerak". Bu suhbatni ko'rgan guvohlar ham bor", - dedi Inda "El Chiringuito" efirida.

Mbappe FIFA talqiniga ko'ra yil ramziy terma jamoasidan o'rin oldi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar