Zidan nima sababdan Eden Azarning “Granada”ga qarshi o'yinda maydonga tushmaganligini aytdi
24 dek 2020 09:59
Yangiliklar
Zidan nima sababdan Eden Azarning “Granada”ga qarshi o'yinda maydonga tushmaganligini aytdi
“Real” ustozi La Liga 15-turi doirasida “Granada”ga qarshi bahsda (2:0)Eden Azarning nima sababdan qatnashmaganligi haqida gapirdi.
“Yigitlardan faqat bitta narsani so'rashim mumkin: chin yurakdan ishlashni va maydonda kurashishni. Hozir ular bir necha kun oilasi bilan dam oladi va keyin yana ishga qaytadi.
Azarni maydonga tushirmaslik kerak deb hisobladim. Boisi o'yin qiyin edi va men uning sog'lig'i bilan tavakkal qilishni istamadim. Bosqichma-bosqich u tarkibga qaytadi”, — deydi Zidan.
Eslatib o'tamiz, Azar navbatdagi jarohatidan so'ng endigina safga qaytgan va o'yin qaydnomasidan o'rin olgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar