Zidan “Bryugge”ga qarshi o'yindan so'ng nimalar dedi?
02 okt 2019 07:45
Yangiliklar
Zidan “Bryugge”ga qarshi o'yindan so'ng nimalar dedi?
“Ha, o'yin natijasi yomon bo'ldi. Ammo futbolchilar vaziyatga yaxshi munosabat ko'rsata oldi. Birinchi bo'lim natijasidan qoniqa olmasdim. Biz hech qachon bunchalik rasvo 1-bo'lim o'tkazmagandik. Ammo o'yinchilarning bu vaziyatga reakciyasi meni qayta umidlantirdi. Ochko ishlab olganimizdan xursandman. G'alaba qozonish uchun ham imkonimiz bo'lgandi. Birinchi golni ko'rdingiz, bu biroz kulgili bo'ldi. Lekin bu biz o'yinni yomon boshlaganimizni anglatmaydi. Biz shunchaki raqibning kuchli tomonlariga diqqatimizni qarata olmadik. Keyin esa ikkinchi golni o'tkazib yubordik. Men ikkinchi bo'limdagi o'yinimizga etibor qaratishni xohlardim. Tanaffusda yigitlarga vaziyatni o'zgartirish uchun oldimizda 45 daqiqa borligini, agar o'zgartira olmasak, yutqazishimizni aytdim. Yaxshiki, o'yinchilar vaziyatga to'g'ri baho bera oldi. Ularning g'alaba qozonishni istayotganligini ko'rdim. Ko'ramiz endi nima bo'lar ekan. Biz kurashishda davom etamiz”, — deydi Zidan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди
Суперлига. Турнинг сўнгги баҳсида "Сурхон" "Андижон"га ҳеч қандай имконият қолдирмай йирик ҳисобда мағлуб этди
Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди
Педри ва Ямаль "Эл Класико"дан кейин ижтимоий тармоқларда Карвахални кузатишни тўхтатди
Fikrlar