Zidan “Borussiya M” bilan bahs oldidan: “Bosim ostida o'ynashga o'rganib qolganmiz”
08 dek 2020 20:00
Yangiliklar
Zidan “Borussiya M” bilan bahs oldidan: “Bosim ostida o'ynashga o'rganib qolganmiz”
Keyingi bosqich masalasini hal qilishi kutilayotgan muhim bahs oldidan mezbonlar ustozi Zinedin Zidan o'z fikrlari bilan bo'lishdi.
“Uchrashuv qiyin bo'lishini bilib turibmiz. O'z jamoamga ishonaman va faqat g'alaba haqida o'ylayman. Uch ochko olish uchun qo'limizdan kelganini qilamiz. Bosim ostida o'ynashga o'rganganmiz va bizni nima kutayotganini bilamiz. His-tuyg'ularimizni nazorat qilishimiz va yaxshi tayyorgarlik ko'rishimiz lozim.
Uch ochko to'plab, guruhda birinchi o'rinni egallashni istaymiz, futbolchilar ham aynan shuni o'ylamoqda. Barcha uchrashuvlar biz uchun muhim, ammo bu o'yin bizni buyuk jamoa ekanligimizni ko'rsatish uchun ajoyib imkoniyatdir”, deydi Zidan.
Real Madrid Karim Benzema - 9', Karim Benzema - 32' |
Champions League Grp. B . 6-tur 10/12/2020, 01:00 0
:
2
Tugadi
|
Borussia Moenchengladbach |
Stadion: Alfredo Di Stefano, 0 tomoshabin
Bosh hakam: Bjorn Kuipers
Fikrlar