Zidan: "Barchasi joyida. Natijalar ham barqarorlashmoqda"
21 fev 2021 13:23
Yangiliklar
Zidan: "Barchasi joyida. Natijalar ham barqarorlashmoqda"
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan LaLiga doirasida "Valyadolid" ustidan qozonilgan g'alaba borasida gapirdi.
O'yin haqida
"Muhim g'alaba. Ketma-ket to'rtinchi g'alaba, o'z ishimizni qilishda davom etishimiz kerak. "Real"da barchasi joyida, natijalarda ham barqarorlik sezila boshlandi. Jamoadagi barcha yaxshi himoyalandi.
Endi biroz odam olish kerak. "Atalanta"ga qarshi o'yinga yaxshiroq tayyorgarlik ko'rmoqchimiz. Biz ham natijadan mamnun bo'lishimiz va gol o'tkazib yubormasligimiz kerak".
Benzema haqida
"Uning holatiga ertaga baho beramiz. Hech kimni xavf ostiga tashlab qo'ymaymiz. Agarda u o'yinga tusha olmasa, demak, o'ynamaydi", - dedi Zidan.
"Real" chorshanba tunida "Atalanta" maydonida safar uyushtiradi.
Fikrlar