Zidan Azarning jarohatlari haqida gapirdi Yangiliklar

Zidan Azarning jarohatlari haqida gapirdi

Teglar :  Eden AzarZidan
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan Eden Azarning jarohatlari sabab yuzaga kelgan holat haqida gapirdi.

"Biz Edenni muammolar va jarohatlarsiz ko'rishni istaymiz, ammo bu borada unga omad kulib boqmayapti. U qiyin vaziyatda, chunki Azar o'zini ko'rsatib, "Real" safida yaxshi o'ynab ketishni istaydi. 

Qachonlardir uning yaxshi, jarohatlarsiz o'ynayotganini ko'ramiz. Umid qilamanki, u hozirgi jarohatidan forig' bo'lganidan so'ng o'sha kunlar keladi. Edenning omadi kelmadi, unga og'ir bo'ldi. Ammo pozitiv kayfiyatni saqlab qolish lozim. 

Edenning nimalarga qodirligini, qanday futbolchi ekanligini bilamiz. U bizga aniq kerak bo'ladi. Hozirgi vaziyatdan Azarning o'zi ham norozi va eng yaxshi formaga kirib olish uchun qo'ldan kelgan barcha ishni qilmoqda. 

Bunday holatlar futbolning bir qismi. U buni qabul qilishi lozim. Ishonamanki, kelajakda barchasi o'zgaradi", - dedi Zidan. 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика