Zidan: "Agar Ronaldu gol urmasa, buning qo'rqinchli joyi yo'q"
07 noy 2016 10:33
Yangiliklar
Zidan: "Agar Ronaldu gol urmasa, buning qo'rqinchli joyi yo'q"
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidanning fikricha, jamoa hujumchisi Krishtianu Ronaldu so'nggi uchrashuvlarda gol urmayotganidan muammo yasash kerak emas.
Franciyalik mutaxassis bu haqda "Leganes"ga qarshi uchrashuvdan (3:0) so'ng aytdi.
"Ronaldu bilan hech narsa sodir bo'layotgani yo'q. Krishtianu doimo gol urishini istaymiz. U har safar raqib darvozasini ishg'ol qilishni istaydi, ammo Ronaldu gol ura olmasa buning qo'rqinchli jihati yo'q. Men uni yaxshi formada ekanligini va bor etiborini jamoaning vazifalariga qaratganini ko'rib turibman. Unga gol urish yoqadi, lekin gollar yo'qligi Krishtianuni havotirga solmaydi" - deydi Zidan.
Joriy mavsumda Ronaldu LaLiganing 8 ta uchrashuvida 5 ta gol urdi va 2 ta golli pas berdi.
Fikrlar