So’nggi yangiliklar

17:10CAFA Nations Cup. Ўмон Ҳиндистон билан 3-ўрин учун беллашмоқда (онлайн ҳисоб)  3 17:02CAFA Nations Cup финалига мезбонлик қилаётган "Олимпия" стадионидан ГАЛЕРЕЯ  5 16:23"Барселона" Фликнинг асосий футболчиларидан бири билан янги шартнома имзоламоқчи  0 15:55Шомуродов ва Файзуллаев ўйнаётган "Истанбул Башакшеҳир" бош мураббийи истеъфога чиқарилди  3 15:35Жанни Инфантино ўзбек спорти раҳбарияти билан ҳамкорликда Олимпия шаҳарчасида бўлди  3 15:11Али Алиев Қозоғистон терма жамоасидаги шармандаликдан сўнг истеъфога чиқди  5 14:25"Манчестер Сити" футболчиси Қозоғистон билан ўйиндан сўнг Дастан Сатпаевни мақтади  5 13:58"Бу Эрон терма жамоасида "олтин авлод"нинг охирги даври бўлиши мумкин" — эронлик журналист  3 13:32Эрон ҳамда Ўзбекистон ўртасидаги финални ким бошқариб боради?  5 13:12Ямаль Туркияда паспортини йўқотди  7 12:56Осиёнинг 2007 йилдаги энг яхши мураббийи Рауф Инилеев 75 ёшда!  5 12:35ФИФА офсайднинг янги қоидасини тасдиқлади  20 12:06Моуринью "Фенербахче"дан ишдан бўшатилишининг асл сабаби маълум  2 11:39Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин бошлади: олдинда Черногория ва Венгрия билан ўйинлар бор  9 11:00"Милан" футболчиси фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттиради  0

Jo'ra Xonnazarov turniri. “Bunyodkor-2001” kumush medallar bilan kifoyalandi Yangiliklar

Jo'ra Xonnazarov turniri. “Bunyodkor-2001” kumush medallar bilan kifoyalandi

Jo'ra Xonnazarov xotira turnirining final bahsi “Bunyodkor” va “Paxtakor” o'rtasida bo'lib o'tdi.
Ushbu qarama-qarshilikda tomonlar murosasiz kurash olib borishdi. Hujumkor ruhda boshlangan o'yinda birinchi bo'lib hisobni ochish “qaldirg'ochlar”ga nasib etdi. Abzal Bobojonov birga-bir vaziyatda raqib posbonini aldab o'tib, darvozani aniq ishg'ol qildi – 1:0.

Tanaffusdan keyin “Paxtakor” futbolchilari bor etiborlarini hujumga qaratishdi. Natijada, markazidan yorib kirgan raqib futbolchisi hisobdagi muvozanatni tikladi – 1:1. Bu orada “qaldirg'ochlar”dan Xumoyun Islomov ikkinchi marta hakam tomonidan ogohlantirilib, maydonni erta tark etdi. Mazkur chetlatish “sherlar” uchun ayni muddao bo'ldi. Qolgan daqiqalarda yanada bosimni oshirgan “Paxtakor” bellashuv yakunlanishiga ikki daqiqa qolganida g'alaba to'pini kiritdi.

SHu tariqa, Murod Otajonov boshchiligidagi “qaldirg'ochlar” Jo'ra Xonnazarov xotirasiga bag'ishlab o'tkazilgan xalqaro turnirda ikkinchi o'rin bilan kifoyalanishdi.

Uchinchi o'rin uchun kechgan bahsda “Lokomotiv” futbolchilari “Andijon”ni mag'lubiyatga uchratishdi.

Final yakunlangandan keyin, tashkilotchilar turnirning eng yaxshilarini taqdirlash marosimini o'tkazishdi.

Eng yaxshi darvozabon: Jasur Sobirov (“Andijon”)
Eng yaxshi himoyachi: Javohir Islomov (“Lokomotiv”)
Eng yaxshi yarim himoyachi: Davron Anvarov (“Bunyodkor”)
Eng yaxshi hujumchi: SHoislom Muhitdinov (“Paxtakor”)
Eng yaxshi o'yinchi: Bekzod SHamsiev (“Paxtakor”)

Sovrindorlarni Jo'ra Xonnazarovning oila azolari va yaqinlari taqdirlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика