So’nggi yangiliklar

12:55Факт. "Навбаҳор" 8 йилдан сўнг дарвозасидан 4 та гол ўтказди  2 11:46"Сўғдиёна" мураббийи: "Бу йилги мақсадимиз - Ўзбекистон Кубоги"  2 11:21Факт. "Сўғдиёна" Ўзбекистон Кубогида 20 йилдан сўнг "Навбаҳор"ни ютди  3 10:50"Реал" футболчиси Лига 1 чемпионатига кўчиб ўтиши мумкин  0 10:33Пролига. Бугун 13-тур якунланади  0 10:05ПСЖ Доннаруммага нарх белгилади  5 09:40МЮнинг яна бир иқтидор соҳиби ёзда жамоани тарк этмоқчи  3 09:17Анчелотти нима сабабдан Неймарни термага чақирмаганига изоҳ берди  0 08:51Суперкубок. Бугун финал  0 08:26Родриго келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:00Ўзбекистон кубоги. Бугун яна бир ярим финалчи аниқланади  7 07:35Жиззахда "Сўғдиёна" "Навбаҳор"га ҳеч қандай имконият қолдирмай мағлуб этган учрашувдан ГАЛEРEЯ  5 02:05АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси тақдирини 16 ёшли йигит ҳал қилди  16 01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  1 00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  5

JCHga 17 kun qoldi: Braziliya - 1950! Yangiliklar

JCHga 17 kun qoldi: Braziliya - 1950!

Ikkinchi jahon urushi tufayli roppa-rosa 12 yil JCH o'tkazilmadi.
1942 yilgi JCHga mezbonlikni Germaniyaga vada qilishgan bo'lsa-da, asosiy nomzod sifatida Italiya va Braziliya ko'rsatilgandi. Ammo boshlangan urush natijasida hamma narsa chippakka chiqadi. Urushdan keyingi FIFAning ilk kongressi 1946 yilga to'g'ri keldi. Ikkinchi jahon urushidan keyin Italiya hech qanaqasiga JCHni qabul qila olmasdi. Natijada mezbonlik huquqini qo'lga kiritish uchun eng optimal variant Braziliya edi. Yakunda shunday bo'ldi ham.




Muddatidan avval "chempion" bo'lgan Braziliya


Kongressda Italiya FF rahbarlaridan biri Ottorino Barassining nutqi qarsaklarga sabab bo'lgan edi. Italiya terma jamoasi JCH-38 g'olib bo'lganidan keyin Kubokni saqlash uchun SHveycariya bankiga qo'yadi. Uni olish vaqti kelganda, barcha masuliyatni o'z bo'yniga olgan holda Ottorino Barassi kubokni uyida saqlay boshlaydi. Urush vaqtida uyiga hujum qilgan dushmanlar kubokni qidirib topa olmaydilar. Kallasini ishlatgan Ottorino Barassi kubokni etik ichiga solib, uni ko'zga ko'rinadigan joyga qo'yadi. Kubok izidan kelganlar esa aksincha, berkitilishi mumkin bo'lgan erlarni tekshirib topa olishmaydi.

Kubokni ushlab turib hikoyasini aytib bergan Barassi qarsaklar sadosi ostida uni FIFA prezidenti Jyule Rimega topshiradi.

JCHda ishtirok etish istagini 29 mamlakat bildirdi. Ikkinchi jahon urushi o'chog'ini yoqqani uchun FIFA Germaniya va Yaponiya terma jamoalarini mundialga qo'ymadi. Italiyani esa kechirdi. Lekin Italiya terma jamoasi katta judolikka uchradi. JCHga oz qolgan bir paytda terma jamoaning asosini tashkil qilgan "Torino" klubi aviahalokatga uchraydi. SHunga qaramay, yangidan tuzilgan tarkib kemada Braziliya tomon yo'lga chiqadi. Sobiq ittifoq, CHexoslavakiya va Vengriyada urushdan keyin tiklanish ishlari olib borilayotgani uchun JCHda ishtirok etmadilar. Argentina esa Braziliya bilan aytishib qolgani uchun CHili, Boliviya, Paragvay va Urugvay saralash musobaqasini o'tkazmasdan turib JCH yo'llanmasini qo'lga kiritadi.

Hammasidan ham qizig'i Osiyoda bo'lgan. Indoneziya, Filippin va Birma davlatlari JCH saralashidan bosh tortganligi uchun Hindiston to'g'ridan-to'g'ri JCHga chiqadi. Qura natijalariga ko'ra, Italiya, Paragvay va SHveciya bilan bir guruhdan o'rin olgan hindistonliklar JCHga yaqin qolganda musobaqada ishtirok eta olmasliklarini bildirishadi. Bunga ikki holat sabab bo'ladi, biri uzoq parvoz va ortiqcha xarajat, ikkinchisi FIFAning yalangoyoq futbol o'ynashga ruxsat bermaganligi.




Finalda 200 000 nafar muxlisni bag'riga sig'dirgan "Marakana"


FIFA Buyuk Britaniyaga ikkita yo'llanma beradi. Bu o'rinlar uchun 4 jamoa kurash olib borishi kerak edi. Bular, Angliya, SHotlandiya, SHimoliy Irlandiya va Uels. SHotlandiya hukumati rahbarlari terma jamoasini guruhda birinchi o'rinni qo'lga kirtsagina JCHga yuborishini aytadi. So'nggi turga kelib Angliya va SHotlaniyada bir xil, 4 ochkodan bo'ladi. So'nggi o'yin kim birinchi bo'lishiga oydinlik kiritardi. Bu ikki jamoa muddatidan avval 1 va 2-o'rinlarni qo'lga kiritib bo'lgan bo'lsa-da, Buyuk Britaniyaning birinchi raqamli terma jamoasi bo'lish uchun muhim edi. Yakunda Angliya g'alaba qozonadi, Angliya terma jamoasi sardori Billi Rayt raqib sardori Jorj Yangdan hukumat rahbarlarini fikrlarini o'zgartirishini so'rashi kerakligini aytadi, ammo bundan hech qanday naf bo'lmagan. Natijada SHotlandiya mundial yo'llanmasini qo'lga kiritgan bo'lsa-da, mundialda ishtirok eta olmaydi. SHotlandiya o'rniga musobaqada ishtirok etish istagida bo'lgan Franciya, quradan keyin Hindiston kabi musobaqani tark etadi. Natijada so'nggi, 4-guruhda ikki jamoa qoladi.

1-guruh
Braziliya - 5
Yugoslaviya - 4
SHveycariya - 3
Meksika - 0

2-guruh
Ispaniya - 6
Angliya - 2
CHili - 2
SSHA - 2

3-guruh
SHveciya - 3
Italiya - 2
Paragvay - 1

4-guruh
Urugvay - 2
Boliviya - 0

Turnirning ochilish o'yin "Markana" stadionida bo'lib o'tgan. Braziliya - SHveycariya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvga bugungi kungacha JCH tarixida rekordligi saqlab kelayotgan miqdorda, 160 000 nafar muxlis stadionga tashrif buyurgan. Ko'chalarda yuzaga kelgan tirbandlik shu qadar katta ediki, bugungi Moskva tirbandliklari hijolat. Hattoki o'yin bosh hakamlari ham mashinalar tirbandligi natijasida o'yinga zo'rg'a etib kelganlar.

Braziliyaning tashabbusi bilan musobaqa reglamentiga o'zgartirish kiritiladi. SHu kunga qadar JCH pley-off tizimida o'tkazilgan edi. Braziliyaning taklifiga ko'ra guruh g'oliblari, final guruhida chempionni aniqlashlari kerak edi. Final guruhiga Ugurgvay, Braziliya, SHveciya va Ispaniya etib keladi. SHveciya va Ispaniyani yirik hisobda mag'lubiyatga uchratgan Braziliyani so'nggi turda durang ham qoniqtirardi.


Final bosqichi:

Braziliya – SHveciya 7:1
Urugvay – Ispaniya 2:2
Braziliya – Ispaniya 6:1
Urugvay – SHveciya 3:2
SHveciya – Ispaniya 3:1

Ammo finalga teng o'yinda Braziliyadan omad ochiqchasiga yuz o'giradi. Yil sayin futbolda takomillashib borayotgan Braziliya 47-daqiqada hisobni ochadi. Keyingi ikkita to'pga urugvayliklar mualliflik qilishadi. O'yindan avval esa Braziliya chempion bo'lib ulgurgan edi. Mahalliy gazetalar allaqachon "Biz chempionmiz", "Birinchi jahon kubogi muborak bo'lsin", kabi sarlavhalar ostida gazetalarni chiqarib bo'lganlar. Finaldan keyin aytilishi kerak bo'lgan gaplar yozib futbolchilarga yodlatilgan, hamma-hamma Braziliyani chempion bo'lishiga ishonib bo'lgan edi. Ammo o'yin...




Jigya 79-daqiqada Barboza darvozasini ishg'ol qilayotgan palla


Urugvay – Braziliya 2:1
Gollar: Skyaffino, 66, Jigya, 79 – Friasa, 47.
Urugvay: Maspoli, Matias Gonsales, Andrade, Texera, Gambetta, Peres, Varela, Migues, Jigya, Skyaffino, Moran.
Braziliya: Barboza, Augusto, Juvenal, Bigode, Bauer, Danilo, Zizino, Jair, Friasa, Ademir, CHiko.

Final jadvali:
Urugvay - 5
Braziliya - 4
SHveciya - 2
Ispaniya - 1

Uchrashuvdan keyin 200 000 nafarga yaqin muxlis bilan to'lib toshgan "Marakana"dagi muxlislarning 200 nafarga yaqini o'yindan keyin o'zini o'ldiradi. Bunday dahshatni ko'rgan Urugvay futbolchisi Varela, "agar futbol Braziliya uchun bunday ahamiyat kasb etishini bilganimizda, g'alaba qozonmagan bo'lardik", - deydi.

Bu voqea tarixga Marakanazo deb kirgan.

To'purarlar: Ademir (Braziliya) – 8, Estanislao Basora (Ispaniya), Oskar Migues (Urugvay) – 5tadan.

Xorij malumotlari asosida
Nodirxo'ja Yuldashev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика