So’nggi yangiliklar

10:05ПСЖ Доннаруммага нарх белгилади  0 09:40МЮнинг яна бир иқтидор соҳиби ёзда жамоани тарк этмоқчи  0 09:17Анчелотти нима сабабдан Неймарни термага чақирмаганига изоҳ берди  0 08:51Суперкубок. Бугун финал  0 08:26Родриго келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:00Ўзбекистон кубоги. Бугун яна бир ярим финалчи аниқланади  6 07:35Жиззахда "Сўғдиёна" "Навбаҳор"га ҳеч қандай имконият қолдирмай мағлуб этган учрашувдан ГАЛEРEЯ  4 02:05АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси тақдирини 16 ёшли йигит ҳал қилди  14 01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  1 00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  4 00:10Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 4:0  8 00:07Сергей Лушчан: “Бугун улар ўз жамоаси учун эмас, рақиб учун ўйнашди. "Навбаҳор"да ишлар эканман, бу ўйинчилар энди таркибдан жой олмайди”  45 23:46"Наполи" МЮ футболчисини ўз сафига қўшиб олади  1 22:38Аёллар ўртасида ОЧЛ. "Насаф" қизлари Непал клубини таслим қилди  0 21:54Винисиус "Овьедо"га қарши ўйинни захирада бошлашини кутмаган экан. Алонсо уни огоҳлантирмаган  2

JCH-2014. Mundial ishtirokchilari - Avstraliya Yangiliklar

JCH-2014. Mundial ishtirokchilari - Avstraliya

Jahon chempionati ishtirokchilari bilan tanishtirishda davom etamiz.

Demak bu safar "B" guruhi vakillariga navbat etib keldi.
Ushbu guruhdan Osiyo vakili Avstraliya terma jamoasi o'rin olgan. 



Bu terma jamoaga 1922 yilda asos solingan.
Avvaliga Avstraliya Yangi Zelandiyada yig'in olib boradi va bir necha yillar mobaynida aynan shu terma jamoa bilan o'rtoqlik o'yinlari o'tkazishgan. "Kengurular" yurti vakillarining mundialdagi ilk ishtiroki 1974 yilga kelib amalga oshgan. Keyingi futbol bayramida ishtirok etishni esa jamoa muxlislari 30 yildan ko'proq kutishga majbur bo'lishgan. Buning asosiy sababi Avstraliya Okeaniya mintaqasida o'ynashgan va ushbu mintaqadan hech bir jamoaga to'g'ridan-to'g'ri mundial chiptasiga ega chiqish imkoniyati bo'lmagan. Okeaniya g'olibi pley-offda Osiyo, Janubiy Amerika jamoalari bilan to'qnash kelishgan. Bundan bezigan Avstraliya terma jamoasi Osiyo mintaqiga ko'chib o'tishadi.
Hozirgacha Avstraliya terma jamoasi uch marotaba mundialda ishtirok etgan. Braziliyada bo'lib o'tadigan chempionat ular uchun to'rtinchisi bo'ladi.


Jamoani Ange Postekoglu boshqarib bormoqda.
Avstraliya tarkibida haligacha Tim Kexill o'ynamoqda. Jamoaning eng tajribali futbolchisi bu so'zsiz Kexill hisoblanadi. Terma jamoaning o'zagi legionerlardan tashkil topgan. Jamoada hozirda avlodlar almashuvi davom etmoqda. Avvalgi etakchilar Mark SHvarcer va Garri Kyuell kabi futbolchilar terma jamoadagi faoliyatlariga yakun yasashgan. Avstraliya terma jamoasining Jahon chempionatlaridagi eng yuqori natijasi bu 1/16 bosqichi hisoblanadi.  Bu safargi asosiy vazifa ham chempionatda munosib ishtirok etishni taminlash. Albatta har bir terma jamoa har doim o'z oldiga imkon qadar yuqori maqsadlarni qo'yishi tabiiy. Lekin vaziyatga real baho beradigan bo'lsak, Avstraliya terma jamoasining guruhidagi raqiblari ulardan bir bosh ustunlik qilishadi. "Kengurular" guruh bosqichida ochko olishni uddalay olishsa ham bu yomon natija bo'lmasa kerak. Har xolda ularning kvartetida Gollandiya va Ispaniya kabi gegemon jamoalar bor.

 
Avstraliya terma jamoasining mundialdagi kashfiyoti bo'lishi kutilayotgan futbolchisi bu Tommi Our. Gollandiya chempionati vakili "Utrext" klubi yarim himoyachisi Our mundialda Avstraliya tarkibida ko'zga ko'rinishi bashorat qilimoqda. 

"Kengurular" muxlislari bu yilgi mundialda jamoalaridan yorqin o'yinlar kutishmoqda


Bu terma jamoa futbolchilari ko'p bora o'zlaridan boy tajribaga ega jamoalar bilan duch kelishgan va Ispaniya, Gollandiya kabi jamoalarga qarshi o'yinda ular o'zlarini yo'qotib qo'yishmaydi. Ular bu katta maktabni o'tab bo'lishgan. Agarda bosh murabbiy jamoani jipslashtira olsa, ulardan mo'jiza kutish ham mumkin. Bu albatta futbol. Katta turnirlarda ham kichik mo'jizalar ruy berib turadi. Avstraliya terma jamoasi esa ushbu kichik mo'jizalarni amalga oshirish maqsadida Braziliyaga tashrif buyuradi.




Avstraliya terma jamoasi haqida:

Tashkil topgan yil: 1922

Mintaqasi: Osiyo

Bosh murabbiyi: Ange Postekoglu

Eng ko'p o'ynagan futbolchi: Mark SHvarcer (109 o'yin)

Eng yaxshi to'purari: Tim Kexill (31 gol)

Jamoa sardori: Mile Edinak

Ilk o'yini: Yangi Zelandiya - Avstraliya 3:1 (1922 yil)

Eng yirik g'alabasi: Avstraliya - Amerika Samoasi 31:0 (2001 yil)

Eng yirik mag'lubiyati:  Avstraliya - JAR 0:8 (1955 yil)

FIFA reytingidagi o'rni: 40 o'rin
   
Erishgan yutuqlari:
Millatlar kubogi sohibi: 4 karra (1980, 1996, 2000, 2004)

Jamoa etakchisi - Tim  Kexill



Avstraliya terma jamoasining kengaytirilgan tarkibi:

Darvozabonlar: Mettyu Rayan ("Bryugge", Belgiya), Mitchell Langerak ("Borussiya" Dortmund, Germaniya), Evgenn Galekovich ("Adelaida", Avstraliya);

Himoyachilar: Ivan Franjich ("Brisben", Avstraliya), Mettyu Spiranovich ("Vestern Sidney", Avstraliya), Kyortis Gud ("Nyukasl", Angliya), Beyli Rayt ("Preston", Angliya), Jeyson Devidson ("Xerakles", Niderlandy), Lyuk Uilkshir ("Dinamo", Rossiya), Aleks Uilkinson ("CHonbuk", Janubiy Koreya), Rayan Makgovan ("SHandon", Xitoy);

Yarim himoyachilar
: Oliver Bozanich ("Lyucern", SHveycariya), Mile Edinak ("Kristal Pelas", Angliya), Mark Milligan ("Melburn", Avstraliya), Jeyms Xollend ("Austriya" Vena, Avstriya), Massimo Luongo ("Suindon", Angliya), Adam Sarota ("Utrext", Gollandiya), Mett Makkey ("Brisben", Avstraliya), Mark Breshiano ("Al-G'arafa", Qatar), Joshua Brillant ("Nyukasl", Avstraliya), Tim Kexill ("Nyu-York", AQSH), Tomas Rogich ("Melburn", Avstraliya), Dario Vidosich ("Son", SHveycariya);

Hujumchilar: Joshua Kennedi ("Nagoya", Yaponiya), Tomas Oar ("Utrext", Gollandiya), Jeyms Troysi ("Melburn", Avstraliya), Ben Xelloran ("Fortuna", Germaniya), Adam Taggart ("Nyukasl", Avstraliya), Mettyu Leki ("Frankfurt", Germaniya).

Yakuniy ro'yxatga 23 nafar futbolchi kiritiladi.


SHahboz Beg'amov

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика