So’nggi yangiliklar

11:20Ўзбекистон U-17 нега саралашда ўйнамайди?  1 10:43Кэрни Чуквуэмеки фаолиятини Бундеслигада давом эттиради  1 10:15"Тоттенхэм" "Ман Сити" футболчисини қўлга киритиш учун нархни кўтарди  0 10:03Бугун "Севинч" Осиё Чемпионлар Лигаси гуруҳ босқичига чиқиш йўлланмаси учун майдонга чиқади  0 09:48Эдегор ва Саканинг жароҳати ҳақида маълумот берилди  2 09:22Пролига. Бугун дерби бўлиб ўтади  1 08:54"Байер" "Манчестер Сити" футболчини қўлга киритишга яқин  0 08:25Кечаги дурангдан сўнг Аморим нималар деди?  5 07:56Sofascore. Кечаги учрашувда дубл ассист қилган Ғаниев неча баҳо олди?  1 07:31Ўзбекистон кубоги. Бугун илк ярим финалчи аниқланади  6 02:27Ла Лига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Реал Овьедо"ни йирик ҳисобда таслим этди  68 01:53А Серия. "Ювентус" "Парма"ни ишончли ҳисоб билан таслим этди, "Аталанта" эса ўз уйида "Пиза"ни юта олмади  4 00:34Байиндир — МЮ таркибида АПЛнинг икки турида яққол голли вазият яратган ягона футболчи  5 22:28АПЛ. "Манчестер Юнайтед" Лондонда "Фулхэм" билан дуранг ўйнади  34 21:40БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" ўз уйида "Хорфаккан"ни мағлуб этди, Ғаниевдан иккита ассист  4

JCH-2014. Braziliya - Gollandiya. PREVYU Yangiliklar

JCH-2014. Braziliya - Gollandiya. PREVYU

JCH-2014 yarim finali omadsizlari bugungi o'yin orqali sal bo'lsa ham o'z muxlislarini ovutishadi.
FIFAdagilar hamon uchinchi o'rin uchun bahs jamoalar uchun ortiqcha ekanini tushunib etishmadi. Finalga chiqa olmagan har qanday jamoa yana maydonga tushishni istamaydi. Gollandlarga ham, ayniqsa Braziliyaga bu o'yin kerak emas.

Braziliyaliklar yarim finalda Germaniyadan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng barchadan yashirinib olishni istashgani aniq. Ammo ular yana bir bor maydonga tushib bronza medal uchun kurashishlari talab etiladi. Braziliya bugun yirik g'alabaga erishsa ham hech kim 1:7ni unutmasligi aniq.



Bugun Luis Felipe Skolari yarim finaldagi mag'lubiyatdan so'ng bir qator o'zgarishlarni amalga oshirishi mumkin. Tarkib butkul o'zgarib ketishi ham mumkin.

Lui van Gaal jamoasi haqida ham shunday deyish mumkin. Gollandiya safida faqat uchinchi darvozabon Vorm maydonga tushmadi xolos. Yosh himoyachilar Veltman va Kongolo Vlaar va de Vreyni almashtirishlari mumkin. Bu erda taxmin qilish juda qiyin.



BRAZILIYA - GOLLANDIYA
13 iyul. 01:00
Brazilia. "Milliy" stadion.
Bosh hakam:
Jamel Haymudi (Jazoir)
Qanot hakamlari: Reduane Achik (Marokash), Abdulhaq Etchiali (Jazoir)
Zaxira hakami: Yuichi Nishimura (Yaponiya)

Taxminiy tarkiblar:

Braziliya
: Jefferson - Dani Alvesh, Tiago Silva, Enrike, Maksvell - Luis Gustavo, Ernanes - Ramires, Oskar, Villian - Jo

Gollandiya: Krul - de Vrey, Vlaar, Blind - Yanmaat, Klasi, Veynaldum, Kuyt - Snayder - Robben, Xuntelaar

Jarohat olganlar: Neymar - Fer

Diskvalifikaciya: yo'q



O'yindan oldingi fikrlar

Luis Felipe Skolari (Braziliya bosh murabbiyi):

"Og'ir kunlarni boshimizdan o'tkazdik. Hamon qiynalayapmiz. Gollandiyaga qarshi o'yinga ruhan tayyormiz. Taxminan 75 foizga tayyormiz deya olaman. Eng oliy maqsadimizga erisha olmaymiz, shu bois u qadar hayajonlanayotganim yo'q. Endi Gollandiyani mag'lub etib Braziliya xalqiga biroz bo'lsa ham xursandchilik taqdim etish kerak".

Lui van Gaal (Gollandiya bosh murabbiyi):

"Jahon chempionatida ishtirok etayotgan barcha jamoalar faqat bitta sovringa ega bo'lishni istashadi. Biz uchun eng yomoni ketma-ket ikki bor mag'lub bo'lish. Ajoyib boshlangan musobaqa yomon tugashi mumkin".

O'zaro o'yinlar

Bu ikki jamoa o'zaro 11 marta to'qnash kelishgan. 3 martadan Braziliya va Gollandiya g'alaba qozongan, 5 bor g'olib aniqlanmagan. To'plar nisbatida tenglik: 15:15

Ushbu jamoalar o'rtasidagi so'nggi bahs (04.06.2011): Braziliya - Gollandiya 0:0


Narzulla Saydullaev tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика