So’nggi yangiliklar

07:44"Нефтчи" бу йил меҳмонда ютқазмаяпти, олдинда "Пахтакор" имтиҳони кутмоқда  0 07:20Факт. "Сўғдиёна" 6 йилдан сўнг Жиззахда ОКМКни ютди  0 06:46Суперлига. Бугун ўзбек Эл Классикоси бўлиб ўтади  6 01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  1 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  1 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  1 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  5 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  11 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8

Javohir Sohibov: "Hali vazifa bajarilmadi" Yangiliklar

Javohir Sohibov: "Hali vazifa bajarilmadi"

Kecha Myanmada yoshlarimiz Osiyo chempionatida yarim finalga yo'l oldi va Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Ushbu natijada jamoaning barcha azolarini hissasi katta. Kecha bo'lib o'tgan uchrashuvdan so'ng jamoamiz sardori Javohir Sohibov bilan suhbatlashdik.

"Kecha bo'lib o'tgan uchrashuv katta ahamiyatga ega edi. Biz maksimum maqsadimizga etishdik. Birinchi bo'limdan so'ng ustunlikda tannaffusga chiqqanimiz ikkinchi bo'limda biroz xotirjamlik berdi va buning evaziga to'p o'tkazib yubordik. Ushbu uchrashuv ayni vaqtgacha faoliyatimizdagi eng muhim uchrashuvlardan biri bo'ldi. Ahil jamoamiz bor. Biz albatta jahon chempionatiga munosib edik" , - deydi jamoamiz sardori

- Javohir, ushbu jamoa ketish oldidan aniq ishonch bilan jahon chempionatiga chiqamiz degan maqsadi bor edi. Bu haqida futbolchilar ham aytib o'tgan. Bu ishonch maydonda sizlarga yordam berdimi?
- Yuqorida aytib o'tganimizdek bu jamoa juda ham ahil. Har bir chiziqda teng kuchli bir necha futbolchilar bor. Ketishdan oldin eng kichik maqsadimiz jahon chempionatiga chiqish edi. Buni uddaladik lekin hali vazifamiz to'la bajarilmadi. O'smirlarimiz Osiyo chempioni bo'ldi, endi yoshlar ham shuni takrorlamoqchi. Bizda bunga ishonch va kuch etarli.

- Siz jamoa sardorisiz. Bu sizga qo'shimcha bosim yuklamaydimi ?
- Jamoa sardori bo'lishni murabbiy tanlamadi. Ovoz berish orqali jamoamiz futbolchilari tanlagan. Jamoa sardorida masuliyat katta bo'ladi va buni oqlash ham juda qiyin. Imkoniyatim etgunicha sardorlikni uddalashga harakat qilaman. Murabbiylarimiz bizga ishonadi va bu ishonchni oqlamoqchimiz.

- Oldinda eng muhim ikkita bahs turibdi. Raqiblar esa kuchsiz emas. Kerakli natijaga erisha olamizmi?
- Yigitlar bunga ishonadi. Biz maydonda buni isbotlaymiz. QHDR ning imkoniyatlarini ko'rdik. Kuchsiz raqibning o'zi qolmadi. Endi har bir uchrashuv hal qiluvchi bo'ladi va bizda yo'qotadigan narsa yo'q. SHu bois oxirgi daqiqagacha maydonda muxlislar va g'alaba uchun o'ynaymiz. Bizni uzoqdan bo'lsa ham qo'llab-quvvatlab turgan ustozlarimiz, muxlislarimizga minnatdorchilik bildiramiz. Yurtimizga yorug' yuz bilan qaytishni maqsad qilganmiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика