So’nggi yangiliklar

18:02Суперлига. "Бунёдкор" - "Хоразм" 0:0 (Матнли трансляция)  1 17:22"Бёрнли" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  4 17:19"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти  0 16:23"Арал" — "Олимпик". Таркиблар маълум  0 15:46"Антверпен" — "Гент". Таркиблар маълум  3 15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  9 14:43"Рома" — "Торино". Таркиблар маълум  6 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  6 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  2 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  8 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0 10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  3 09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  14

Jahongir Mehmonov: “Neftchi”dan ketish haqida o'ylayotganim yo'q” Yangiliklar

Jahongir Mehmonov: “Neftchi”dan ketish haqida o'ylayotganim yo'q”

Joriy mavsum “Neftchi” safidagi yorqin o'yinlari bilan muxlislar mehrini qozongan futbolchi Jahongir Mehmonov qisqa fursat ichida jamoasining etakchilaridan biriga aylandi.
Markaziy himoyachi 26-tur yakunlariga ko'ra, ramziy terma jamoadan o'rin egalladi. SHu bois Mehmonov bilan qisqacha suhbatlashdik.

- 26-tur yakunlariga ko'ra, “SA”ning ramziy terma jamoasidan o'rin egalladingiz. Bundan xabaringiz bormi?
- Ochig'ini aytsam, buni endi sizdan eshitib turibman. Agarda shunday bo'lsa, bundan xursandman.

- Nima deb o'ylaysiz, “Andijon”ga qarshi o'yindan keyin yana qaysi jamoadoshlaringiz ramziy terma jamoaga kirishga munosib edi?
- (Kulib) Hamma yigitlarni bo'lishini istardim. To'g'risi, hozir biror-bir o'yinchini ajratib ko'rsatishim qiyin.   

- CHempionatning so'nggi uchrashuvi haqida nima deysiz?
- Bilasiz derbi maqomidagi o'yinlar doimo qiziqarli va keskin kurashlar ostida o'tib kelgan. Bu safargisi ham shunday bo'ldi. “Andijon” ham shu kuni ijobiy natija uchun jiddiy kurashdi. Lekin bizga g'alaba suv va havodek zarur edi. Raqibdan ham ko'ra bizga uch ochkoning ahamiyati yuqori turgandi. Yaratganga shukur, niyatimizga etdik. Lekin oldingi chiziqda ishlarimiz negadir unchalik yurishmadi. Yana ayrmi vaziyatlarda omad yuz o'girdi.

- SHaxsan o'zingiz ko'rsatgan o'yindan qoniqish xosil qildingizmi?
- Uchrashuvning dastlabki 15-20 daqiqasida biroz hayajon bosdimi yoki nimadir bo'ldimi to'g'risi, o'yinim qovushib ketmadi. Keyinchalik esa hammasi iziga tushib ketdi. Menimcha qolgan vaqtlarda yomon harakat qilmadim.

- Farg'onalik muxlislarni ayni damda Mehmonovning kelgusi taqdiri qanday kechishi qiziqtirmoqda. Savolni dangalroq beradigan bo'lsam, “Neftchi”da qolasizmi yoki...
- Nasib qilsa qolaman. Hozir boshqa jamoalardan ham takliflar bo'lmoqda. Lekin men “Neftchi”dan ketishni o'ylayotganim yo'q. Kelasi yil jamoani yuqori o'rinlarni egallashida yordam bermoqchiman.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика