Jahon chempionati. Osiyo qanday xulosa chiqardi?
07 iyu 2014 15:53
Yangiliklar

Jahon chempionati. Osiyo qanday xulosa chiqardi?
Braziliyada bo'lib o'tayotgan jahon chempionati Osiyo jamoalari uchun guruh bosqichidayoq tugadi.
Musobaqada Osiyodan to'rtta vakil ishtirok etdi: Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya va Eron. Va har to'rttala jamoa ham o'z guruhida oxirgi o'rinni egalladi. Avstraliya uchala bahsda imkoniyatni boy bergan bo'lsa, boshqa jamoalar hartugul bir ochkodan ega bo'lishdi. Yaponiya Greciya bilan, Eron Nigeriya bilan, Janubiy Koreya esa Rossiya bilan durangga imzo chekdi.
Eng ko'p gol urgan jamoa Avstraliya bilan J.Koreya bo'ldi - uchtadan. Yaponiya ikkita to'p kiritgan bo'lsa, Eron atigi bitta gol bilan uyga qaytdi. Jahon chempionatida Osiyo jamoalarining ishtiroki Osiyo va jahon futboli o'rtasidagi farq qanchaligini ko'rsatib berdi. To'g'risini aytsam, mundial boshlanmasidan oldin qitamizning hech bo'lmasa ikkita vakili keyingi bosqichga chiqishini taxmin qilgandim. Osiyo jamoalaridan umidim katta edi. Lekin ularning hammasi oxirgi o'rinni egallashini sira kutmagan ekanman.
Nima uchun? CHunki bizda (yani Osiyoda) futbol rivojlanayotgani haqida tinmay gapirib kelinmoqda. OFK prezidenti SHayx Salmon bin Ibrohim matbuotdagi har bir chiqishida qita futboli jadallik bilan rivoj topayotganini alohida etirof etadi. Kuchli jamoalar katta sakrashga erishayotganini bildiradi. Lekin o'ylab qarasak, biz qancha rivojlanmaylik, boshqalar o'n chandon kuchayib ketishayotgan ekan.
Jismonan kuchlilik va tezkorlik (tez fikrlash) - jahon chempionatining asosiy quroli bo'ldi. Guruhdan keyingi bosqichga chiqqan jamoalarga qarang, ularning hech biri jismonan kuchsiz yoki sekin fikrlab o'ynaydigan jamoalar emas. Osiyo jamoalariga esa aynan shu narsa etishmadi. Masalan, Janubiy Koreyada tezkor fikrlash yo'qligi yaqqol sezildi. Vaholanki, ularning shu o'yini Osiyoda manaman degan jamoaga tashvish tug'diradi. Lekin jahon chempionatida ularning o'yini juda oddiy bo'lib qoldi.
Avstraliyaning omadsizligi kuchli guruhga tushib qolgani bo'ldi. Jahon chempionatiga borganda hech kim Gollandiya, CHili va Ispaniya bilan bir guruhda bo'lishni xohlamasa kerak. Uchala o'yinni ham boy bergan Avstraliya shaxsan menda o'yin tomonlama iliq taassurot qoldirdi. Aytaylik, ular Yaponiya yoki Eronning guruhida bo'lganida keyingi bosqichga chiqa olishardi. O'zingiz ko'rdingiz, Gollandiya bilan CHili ko'plab katta jamoalarga bosh og'riq bo'lishdi, ular oldida Avstraliya nima degan gap! SHunga qaramay, “Sokkeruzlar” tengma-teng kurash olib borishga harakat qilishdi. Ularning o'yini Yaponiya yo Koreyanikiga o'xshab nursiz chiqmadi.
Eron esa alohida masala. O'ta yopiq va himoyaviy futbol. Nigeriya bilan qiyin bellashuvda durang, Argentinadan so'nggi daqiqalarda o'tkazib yuborilgan gol, Bosniya bilan kechgan bahsda kartalarni ochish va 1:3 hisobidagi mag'lubiyat. Eron futbolchilari dastlabki ikki uchrashuvni juda qiynalib o'tkazishdi. Imkon qadar gol o'tkazib yubormaslikka harakat qilishdi. Nigeriya bilan buni uddalasa bo'larkan, ammo Argentina bor joyda Messi baribir o'z ishini qildi. Aytaylik, Eron guruhdagi barcha uchrashuvlarni hujumkor va ochiq ruhda o'tkazganida nima bo'lardi? Menimcha, har bir bahsda uchtadan to'p o'tkazib, nol ochko bilan qaytardi.
Karlush Keyrush jamoasining imkoniyatlarini biladi. Bu o'yinchilar bilan jahon chempionatida ochiq o'yin namoyish etib bo'lmas ekan. Lekin xuddi shu tarkib bilan Osiyo Kubogida g'oliblik uchun kurashish mumkinmi? Mana buni uddalasa bo'ladi. Endi fikrimizning asosiy qismiga qaytamiz. Osiyo jamoalari jahon birinchiligida yaxshi o'yin ko'rsata olishmadi deb har qancha tanqid qilmaylik, baribir boshdan baland sakrab bo'lmaydi. Lekin muhimi shundaki, to'rtta jamoa ham o'z ishtirokidan kerakli xulosani chiqarib, kelajakka rejani shunga qarab qo'ydi. Lekin jahon chempionatiga bormagan BIZ rejani qanday tuzamiz? Biz nimadan xulosa chiqargan holda kelajak uchun dastur ishlab chiqamiz?
Tushunaman, hamma o'z xatosini biladi va shu xatoni boshqa qilmaslik uchun ishlaydi. Yani, hamma o'z xatosidan dars oladi. Xo'sh, bu vaziyatda biz kimning xatosidan saboq olamiz? Boshqalarningmi yo o'zimizningmi? Boshqalar deganda kim? To'rtta jamoaning mundialdagi ishtirokini professorlarimiz chuqur o'rganib chiqib doklad tayyorlashadimi? Umuman boshqalarning xatosini o'rganishdan bizga nima naf? O'zimiz yo'l qo'ygan xatolardan xulosa chiqaramiz desak, unda qaysi xatolarni birlamchi o'ringa qo'yamiz? Bizga aytishlaricha, saralash bahslarida Koreya bilan bir xil ochko to'pladik, faqat omadsizlik tufayli JCHga bora olmadik. Demak, omadsizlik - xato qildik degani emas, shunchaki omad yuz o'girdi, xolos. Bu esa muammoni kattalashtirishga arzimaydi, shundaymi? Bu vaziyatda biz allaqachon xulosani chiqarib bo'lgan va kelajak sari aniq yo'nalishni belgilab olgan bo'lib qolyapmiz. Lekin o'sha yo'l qani? Hatto chiziqlari ham ko'rinmayapti-ku. Esdan chiqarmaylik, kelasi yilning boshida o'tkaziladigan Osiyo chempionatida Yaponiya ham, Koreya ham, Eron ham, mezbon Avstraliya ham jahon chempionatidagi ishtirokini chuqur tahlil qilib chiqqan holda etib keladi va faqat chempionlik uchun kurash olib boradi. Xo'sh, shuncha yo'l bosib biz nima uchun u yoqqa boramiz? Bu savolga javobni topishni darhol boshlamasak, kuzning oxirlariga kelib kech bo'ladi.
Xayrulla Xoliqov.

Fikrlar