"Zenit" "Real" futbolchisini sotib olmoqchi
02 avg 2018 12:14
Yangiliklar
"Zenit" "Real" futbolchisini sotib olmoqchi
Madridning "Real" klubi himoyachi Mario Ermosoni rossiyaning "Zenit" klubiga o'tishiga qarshilik qilmaydi.
"Espanol" safida to'p tepuvchi futbolchining transfer huquqi 50% "qaymoqranglilar"ga tegishli.
"Espanol" shartnomasida tovon puli 40 million etib belgilangan futbolchi bilan xayrlashishga tayyor. Avvalroq, "Zenit" kataloniya klubi himoyachisi transferi borasida yaxshi taklif bilan chiqqani elon qilingandi.
O'tgan mavsum Ermoso "Espanol" safida 24 o'yinda maydonga tushgan va 1 bor raqib darvozasini ishg'ol etishga muvaffaq bo'lgan.
Fikrlar