So’nggi yangiliklar

Zayniddin Tojiev qo'l ostidagi O'zbekiston U-15 termasining xorvatiyaliklarga qarshi uchrashuvi Yangiliklar

Zayniddin Tojiev qo'l ostidagi O'zbekiston U-15 termasining xorvatiyaliklarga qarshi uchrashuvi

Kecha "Vlatko Markovich" xalqaro turnirida ishtirokini boshlagan O'zbekiston U-15 terma jamoasi Xorvatiyaga yirik hisobda mag'lub bo'ldi.

O'zbekiston U-15 terma jamoasi musobaqa mezbonlariga qarshi saf tortib, yakunda o'z darvozasidan javobsiz uchta to'p o'tkazib yuborishdi. 

Uchrashuvning birinchi bo'limida hisob ochilmadi, ikkinchi bo'limda esa maydon egalari yirik hisob qayd etilishini taminladi. SHuningdek, birinchi taymda O'zbekiston terma jamoasi azosi Muslimbek Habibullaev 11 metrlik jarima zarbasini golga aylantira olmadi, ikkinchi bo'lim davomida esa Oyatillo Akramov maydondan chetlatildi.

Xorvatiya - O'zbekiston 3:0

Gollar: Nikolas Simish (51), Duje Matich (59), Lovro CHelfi (69)

O'zbekiston U-15: Oyatillo Akramov, SHorahim SHorahmedov, Rihsiboy Abduhakimov, Diyor Ermanov, Quvonchbek Abraev, SHohruh Hudoybergenov, Muslimbek Habibullaev, Diyorbek Tajiev, Saddam Ahmadov, SHohjahon Yunusov, Ulug'bek Maratov


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика