So’nggi yangiliklar

10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  0 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  1 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  1 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  10 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  9 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  12 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  7

Zafar Polvonovning maydonga tushmagani, O'zbekistondagi hujumchilar muammosi, "SHo'rtan"ning maqsadi - Anvar Berdiev "Lokomotiv"ga qarshi o'yindan keyin nimalar dedi? Yangiliklar

Zafar Polvonovning maydonga tushmagani, O'zbekistondagi hujumchilar muammosi, "SHo'rtan"ning maqsadi - Anvar Berdiev "Lokomotiv"ga qarshi o'yindan keyin nimalar dedi?

Pro-liganing 19-turi doirasida "Lokomotiv" maydonida kichik hisobdagi mag'lubiyatdan keyin "SHo'rtan" bosh murabbiyi Anvar Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- "Lokomotiv" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Yaxshi qiziqarli o'yin bo'ldi. Uchrashuv oxirigacha kurashdik, biroq bahs yakunida koncentraciyani yo'qotib qo'yib, alamli gol o'tkazib yubordik. 

- "SHo'rtan"ni yildagi eng yaxshi o'yinini o'tkazdi desa bo'ladimi?

- Yo'q, unday demagan bo'lardim. Bu "SHo'rtan"ning mavsumdagi eng yaxshi o'yini emas. Yaxshi o'ynasa jamoa g'alaba qozonishi kerak. Biz mag'lubiyatga uchradik. Endi buni yoddan chiqarib, keyingi o'yinlarga tayyorlanishimiz lozim. 

- O'tgan turda Zafar Polvonov uchta gol urgandi. Biroq u bugun zaxirada qoldirildi.

- Zafar Polvonov - yoshi katta futbolchi. Bugun "Lokomotiv"ga qarshi o'yinda boshqacharoq sxemada o'ynashni o'ylagandik. SHu sababli Zafar bilan gaplashib, undan ikkinchi bo'limda foydalanmoqchi bo'lgandik. O'yinni ko'rdingiz, bugun har bir futbolchidan juda ko'p jismoniy kuch talab qilardi. SHuning hisobiga bugun Zafar Polvonovni asosiy tarkibda maydonga tushirmadik. Keyingi o'yinlarda u yana maydonga qaytadi. 

- Mavsum tugashiga 3 tur qolganida "SHo'rtan"ning asosiy maqsadi qanday? 9 ochko to'plab, o'tish turniriga yo'llanma olishmi?

- Albatta, biz har bir o'yinga g'alaba uchun maydonga chiqamiz. Imkoniyatimiz bor ekan, oxirigacha kurashishni davom ettiramiz. Maqsadimiz - kuchli beshlikdan tushib ketmaslik va o'tish turnirida ishtirok etish. Buning uchun kurashishda davom etamiz. 

- O'zbek futbolida nega Anvar Berdievga o'xshagan hujumchi chiqmayapti?

- Bo'ladi, bunga ishonaman. Bizdan zo'r hujumchilar bo'lgan. O'zbekistonda iqtidorli futbolchilar juda ko'p. Faqat ular bilan ishlash kerak. Yana bir bor qaytaraman, agarda murabbiy futbolchilikda hujumchi bo'lmagan bo'lsa, jamoada hujumchilar bilan ishlaydigan murabbiy bo'lishi kerak, bu mening shaxsiy fikrim. Mashg'ulotlarda hujumchi har bir kichik detallargacha etibor qaratishi kerak. SHunday bo'lsa O'zbekistondan yana yaxshi hujumchilar chiqishni boshlaydi.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика