So’nggi yangiliklar

14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  0 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  2 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  3 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  4 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   7 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  22 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  3 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4

Zabihillo O'rinboevda yubiley Yangiliklar

Zabihillo O'rinboevda yubiley

O'zbekiston OTJ sardori Zabihillo O'rinboev bugun terma jamoa libosidagi o'zining yubiley uchrashuvini o'tkazmoqda.

Turli yoshdagi terma jamoalarning deyarli barchasida o'ynab kelayotgan Zabihillo O'rinboev uchun Indoneziyada o'tayotgan Osiyo o'yinlari doirasidagi Qatarga qarshi bahs 30-uchrashuvi sifatida qayd etiladi.

2011 yildan buyon O'zbekiston (U17) terma jamoasida o'z ishtirokini boshlagan hujumchi o'tgan 7 yil mobaynida O'zbekistonning (U17, U19, U20, U23) turli yoshdagi terma jamoalari safida o'ynab kelmoqda.

Zabihillo O'rinboevning terma jamoa libosidagi debyut o'yini 2011 yili Yangi Zelandiyaga (U17) qarshi uchrashuvda sodir bo'lgandi.

SHu vaqt mobaynida Zabihillo O'rinboev O'zbekiston (U17) o'smirlar terma jamoasida 5, O'zbekiston yoshlar (U19, U20, U21) terma jamoasi safida jami 15 hamda O'zbekiston OTJ tarkibida 7 marotaba o'ynagan. SHuningdek, hujumchi joriy yilda O'zbekiston terma jamoasi safida (Eron, Urugvay) 2 o'rtoqlik o'yinlarida maydonga tushdi.

Zabihillo O'rinboev turli yoshdagi terma jamoalar safida shu kunga qadar maydonga tushgan 29 uchrashuvida raqiblar darvozasini 9 marotaba ishg'ol etishni uddasidan chiqqan.

Zabihillo O'rinboev Indoneziya (U19), BAA (U19), Avstraliya (U19), Tailand (U19), Gonduras (U20), Fiji (U20), Janubiy Koreya (U23) hamda Bangladesh (U23) terma jamoalari darvozalarini "o'qqa" tutgan.

Qatarga qarshi mazkur o'yin esa OTJ terma jamoamiz sardori uchun terma jamoalar tasnifidagi yubiley 30-uchrashuvga aylandi.

Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика