"Yuventus"ga yangi sud hukmigacha 15 ochko qaytarib berildi. Klub A Seriyada 3-o'ringa ko'tarildi
20 apr 2023 22:00
Yangiliklar
"Yuventus"ga yangi sud hukmigacha 15 ochko qaytarib berildi. Klub A Seriyada 3-o'ringa ko'tarildi
"Yuventus"ga sudning keyingi qarorigacha 15 ochko qaytarib berildi.
CONI kafolat kengashi Turin klubining ochkolarni olib qo'yish haqidagi apellyaciyasini qanoatlantirdi. Yanvar oyida "Yuventus"dan soxta kapital o'sish ishi bo'yicha 15 ochko olib tashlangandi.
Endi yangi sud jarayoni o'tkaziladi. FIGC Federal apellyaciya sudi ishni qayta ko'rib chiqishi kerak.
15 ochko qaytarib berilgandan so'ng, "Yuve" 59 ochko bilan A Seriya jadvalida 3-o'ringa joylashdi. Turinliklar peshqadam "Napoli"dan 16 ochko ortda qolmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Fikrlar