So’nggi yangiliklar

"Yuventus" vingeri klubdan ketadi Yangiliklar

"Yuventus" vingeri klubdan ketadi

"Yuventus" vingeri Federiko Bernardeski yozda klubdan ketadi.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, "zebralar" asosiy o'yinchiga aylana olmagan Bernardeski bilan shartnomani uzaytirish borasida ishonchlari komil emas. Bundan tashqari, muzokaralarga o'yinchining maoshi tushishini xohlamasligi halal bermoqda.

Hujumchiga "Lacio", "Milan" va "Inter" klublari qiziqish bildirmoqda.

Bernardeski "Yuventus"ga 2017 yilda "Fiorentina"dan 40 million evro evaziga o'tgandi. Uning shartnomasi yozda yakuniga etadi.

28 yoshli italiyalik joriy mavsum klub safida barcha musobaqalarda 34ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 6ta assist qayd etdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика