"Yuventus" o'z futbolchisini "Bornmut"ga 18 million evroga sotadi
25 iyu 2024 22:05
Yangiliklar
"Yuventus" o'z futbolchisini "Bornmut"ga 18 million evroga sotadi
Din Xeysen "Yuventus"ni tark etib, "Bornmut"ga yo'l oladi.
Insayder Fabricio Romanoning so'zlariga ko'ra, klublar 18 million evrolik shartnoma bo'yicha og'zaki kelishuvga erishgan. "Yuventus" ham futbolchining keyingi sotilishidan ulush oladi.
Tez orada 19 yoshli himoyachi Premer-liga klubi bilan uzoq muddatli shartnoma imzolaydi va tibbiy ko'rikdan o'tadi.
O'tgan mavsum Xeysen A Seriyada 14 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar