"Yuventus" Kulibalini ijaraga olmoqchi
23 apr 2023 15:57
Yangiliklar
"Yuventus" Kulibalini ijaraga olmoqchi
"CHelsi" himoyachisi Kalidu Kulibali "Yuventus"ga o'tishi mumkin.
"La Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, Turin klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri klubdan yana bir markaziy himoyachi olib kelishni so'ragan. Kulibali va "Manchester Yunayted" sardori Xarri Maguayr ayni ro'yxatdan o'rin olgan. "Yuve" ushbu himoyachilardan birini sotib olish huquqisiz ijaraga olmoqchi.
Xabarlarga ko'ra, Allegri "CHelsi" himoyachisi bilan aloqaga ham chiqqan va birga ishlash taklifini bildirgan. Agarda Turinga keladigan bo'lsa, futbolchi maoshi 10 mln evrodan 7 mln evroga tushishiga rozi bo'lishi kerak.
Ushbu mavsum APLda Kulibali 22 o'yinda maydonga tushdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Fikrlar