"Yuventus" Firmino uchun qulay taklif tayyorlamoqda
04 iyu 2022 22:39
Yangiliklar
"Yuventus" Firmino uchun qulay taklif tayyorlamoqda
"Liverpul" hujumchisi Roberto Firmino "Yuventus"ning nishonida turibdi.
Jurnalist Ekrem Konurning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, Turin klubi 30 yoshli braziliyalik futbolchi uchun mersisaydliklarga taklif tayyorlamoqda. "Keksa sinora" "qizillar"ga 25 million evro taklif qilmoqchi.
Roberto Firmino 2015 yilning yozidan buyon "Liverpul"da o'ynamoqda. Etti mavsum davomida braziliyalik hujumchi barcha turnirlarda 327 ta o'yin o'tkazib, 98 ta gol urdi va sheriklariga 74 ta samarali uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portali Roberto Firminoni 32 million evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar