"Yuventus" Demiralni "Liverpul"ga qo'yib yubormadi Yangiliklar

"Yuventus" Demiralni "Liverpul"ga qo'yib yubormadi

"Yuventus" himoyachisi Merix Demiral faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin edi.

22 yoshli futbolchi bilan "Liverpul" shartnoma imzolamoqchi edi. Angliya grandi o'yinchi uchun 57 million evro taklif qildi, ammo "keksa sinora" taklifni rad etdi.

Eslatib o'tamiz, "Liverpul" transfer oynasining so'nggi kunida Ben Devis va Ozan Kabak bilan shartnoma imzoladi.

Demiral joriy mavsum Italiya chempionati doirasidagi 9ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика