Yurgen Klopp: “Penalti ishlashimiz uchun futbolchimizning futbolkasi yirtilishi kerakmi?!”
02 okt 2017 00:48
Yangiliklar
Yurgen Klopp: “Penalti ishlashimiz uchun futbolchimizning futbolkasi yirtilishi kerakmi?!”
“Natijadan hafsalam pir bo'ldi. Nyukaslda hech bir jamoaga oson bo'lmaydi. Biz ajoyib gol urdik va yana gol urish uchun ko'plab imkoniyatlarga ega bo'ldik. Ammo aniq zarba yo'llashda xatoga yo'l qo'ydik. Xatto bo'sh darvozaga ham to'pni to'g'ri yo'llay olmadik. Biz besh yoki oltita yaxshi vaziyat yarata oldik. Odatda biz buncha vaziyatlarning faqat bittasidan foydalana olamiz. “Nyukasl”da esa men bitta vaziyatdan boshqa xavfli hujmga guvoh bo'lmadim. Ular esa yaratilgan bitta imkoniyatdan unumli foydalanishdi. Bu judayam adolatsizlik. Raqib darvozasiga yaqqol penalti belgilanmadi. O'sha vaziyatda penalti belgilash uchun raqib futbolchimizning futbolkasini echib olishi kerakmidi?! Agar siz o'zingizga o'zingiz yordam bermasangiz, boshqa hech kim yordam bermaydi”, deydi Klopp.
Eslatib o'tamiz, “Nyukasl” – “Liverpul” uchrashuvin Kreyg Pouson boshqardi.
Fikrlar