So’nggi yangiliklar

07:34Пролига. Бугун Суперлига йўлланмасига эга чиқадиган жамоа аниқ бўлади  0 04:19U-17 ЖЧ. Кечаги кун натижалари билан танишинг  0 04:01Мўминхон Баходирхонов: "Агар Ирландия ўз кучи билан ютган бўлса, ҳали улар билан кўришамиз"  3 03:00АПЛ. "Челси" ўз майдонида "Вулверхэмптон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  2 02:57А Серия. Турин дербисида ҳисоб очилмади, "Милан" меҳмонда ғалабани қўлдан чиқарди  1 02:50Исломбек Исмоилов: "168 сантиметр бўйга эга футболчи 190 сантиметрликни ютиши жуда қийин"  11 02:06Эрон терма жамоаси ноябрь ойидаги йиғин учун таркибини эълон қилди  0 01:45Миср ноябрдаги йиғин учун таркибни эълон қилди, Салоҳ Ўзбекистонга қарши ўйнаши мумкин  1 01:36Ўзбекистон олимпия терма жамоасининг ноябрь ойидаги йиғин учун таркиби маълум  0 01:22U-17 Жаҳон чемпионати. Ирландия — Ўзбекистон 2:1  0 00:40АПЛ. "Арсенал" меҳмонда 90+4 дақиқада урилган гол туфайли ғалабани қўлдан чиқарди  19 00:34Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Насср", "Ал Иттиҳод" ва "Ал Аҳли" иштирокидаги ўйинлар бўлиб ўтди, Роналду яна пенальтидан гол урди  2 00:30Ла Лига. "Атлетико" ўз уйида "Леванте"ни мағлуб этди, Гризманн захирадан майдонга тушиб, дубль қайд этди  1 00:13Суперлига. "Бунёдкор" – "Динамо" 1:3  0 23:38Бундеслига. "Байер" 6:0 ҳисобида ғалаба қозонди, "Бавария" ва "Боруссия Дортмунд" меҳмонда очко йўқотди  1

“Yunired”ning slovakiyalik investori jamoasini Superligada ko'rmoqchi Yangiliklar

“Yunired”ning slovakiyalik investori jamoasini Superligada ko'rmoqchi

“Yunired” 2021 yilda Samarqand chempioni bo'ldi. Biroq Surxondaryo mezbonlik qilgan pulka o'yinlarida undan omad yuz o'girdi. Klub uchtalikka kira olmadi.

SHunga qaramay, jamoa O'zPFL etiborini tortdi va shu yilning 9 fevral sanasida Diyor Imomxo'jaev uni o'rganish uchun Samarqandga bordi. Jamoa Birinchi liganing minimal talablariga mos kelardi.

Jamoani samarqandlik tadbirkor Laziz Rahmatov va uning slovakiyalik turmush o'rtog'i Lyusiya SHchipova moliyalashtiradi. Biz “Yunired”ni muxlislarga yaqinroq tanishtirish maqsadida jamoa prezidenti SHchipova bilan kichik suhbat qurdik.

“Ko'p yillar Birlashgan Qirollikda ishlaganman. Turmush o'rtog'im bilan ham o'sha erda tanishganmiz. Oila qurganimizga 14 yil bo'ldi. Sabina va Amir ismli ikki farzandimiz bor”, — deydi Lyusiya biz bilan suhbatda.

“Men O'zbekistonni yorqin kelajakka ega davlat deb bilaman. Farzandlarim bu go'zal madaniyat o'chog'ida katta bo'lishini istayman. O'zim haqimda to'xtalsam, jismoniy tarbiya bo'yicha malakali o'qituvchi maqomiga hamda magistr darajasiga egaman. Biz 2017 yilda O'zbekistonga ko'chib keldik va bir yil o'tib, xususiy maktablar ochishni boshladik”.

Darhaqiqat, oila Samarqandda ingliz tili hamda matematikaga ixtisoslashtirilgan 2 ta maktab va 1 ta bog'chaga ega. Bu sohalar orasida futbol sog'lom turmush tarzini shakllantirish vositasi. Investiciya birinchi navbatda talimga yo'naltirilayotgani biz uchun eng asosiy omil bo'lib xizmat qildi.

O'zbekiston Coca-Cola kubogi va Birinchi liga haqida

“O'zbekiston kubogining saralashi juda yaxshi tashkil etildi. Musobaqa jamoamiz uchun katta motivaciya berdi. Biz Birinchi liga jamoalariga qarshi o'ynab, ulardan nimani kutish mumkinligini ko'rib oldik”.

“Yunired” saralashning ilk o'yinida ajoyib kambek namoyish etdi. Uychining “Paxtakor-79” klubi ilk bo'limda 2 ta gol farqi bilan oldinga o'tib olgandi. Ikkinchi bo'limda samarqandliklar bunga 4 ta gol bilan javob qaytarishdi — 4:2. Keyingi uchrashuvda “SHahrixonchi” taslim etildi — 3:2. Biroq hal qiluvchi o'yinda “Yunired” Andijonning boshqa bir jamoasi “Andijon II”ga imkoniyatni boy berdi — 0:1.

“Katta afzallik shunda ediki, tomoshabinlarga barcha uchrashuvlarni onlayn tomosha qilish imkoniyati yaratilgandi. Bu jamoalarga keyingi o'yinlarga tayyorgarlikda katta yordam berdi. Birinchi liga esa endigina boshlandi. Hozircha biz tashkilotchilik ishlaridan xursandmiz” — deb fikrida davom etdi suhbatdoshimiz.

Pro liga yo'llanmasi haqida

“Menimcha, birinchilikdagi raqiblar ancha kuchli. Mavsum juda qiziqarli va ko'plab shiddatli o'yinlarga boy o'tadi deb o'ylayman”.

“Biz duch kelgan eng katta qiyinchilik — yanvarda 8 nafar futbolchimiz jamoani tark etgani bo'ldi. Ulardan 6 nafari Superligada ishtirok etayotgan “Dinamo” jamoasiga yo'l oldi. Bizda ularning o'rnini to'ldirish uchun vaqt juda oz edi. Boshqa tomondan bosh murabbiy Alisher Latipov va uning yordamchisi Sulaymon Abdullaevning qisqa vaqt ichida qilgan ishlaridan mamnunman. Men juda optimist insonman, mavsum so'ngida jamoam Pro liga yo'llanmasini qo'lga kiritadi deb umid qilaman”.

Kelgusi rejalari haqida

“Yaqin 4 yil ichida O'zbekiston futboli va talimiga bir necha million dollar sarmoya kiritishni rejalashtirganmiz. SHu asosda Samarqandda Evropa standarti bo'yicha stadion qurish va futbol akademiyamizni kengaytirishni davom ettirish niyatimiz bor. Va albatta, “Yunired”ni Superligada ko'rish — bosh maqsadimiz”, — deya fikrini yakunladi Lyusiya SHchipova.

O'zbekiston Professional futbol ligasi “Yunired” futbol klubining Birinchi ligadagi ishtiroki omadli bo'lishini tilaydi. Biz talim va sportga investiciya kiritish istagida bo'lgan har qanday shaxs yoki tashkilot bilan ishlashga doim tayyormiz.

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика