So’nggi yangiliklar

15:22"Астон Вилла" Мартинеснинг ҳолати фонида тер Штегенга қизиқиш билдирмоқда. Аргентиналик дарвозабоннинг белида муаммо бор  0 14:28Семеньо фаолиятини давом эттириш учун устувор вариантни танлади  1 14:02Довбик фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  2 13:15"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи  20 12:31Мбаппе Роналдуга мурожаат қилди: "У менинг дўстим ва кумирим"  3 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Атлетико", "Барса" МЮ ва бошқалар  0 11:54"Ливерпуль” "Барселона"нинг собиқ ҳимоячисига қизиқмоқда  0 11:25Криштиану Роналду "Форсаж 11"да  11 10:53"Хоразм" футболчиси ОКМКни танлади  0 10:21Колумбия терма жамоаси юлдузи: "Биз ЖЧни интиқлик билан кутмоқдамиз"  4 09:55Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  1 09:28"Локомотив" собиқ ҳужумчисини ортга қайтармоқчи  2 09:002025 йилнинг энг яхши 100 нафар футболчиси эълон қилинди. Месси ва Роналду ТОП-30дан жой олишмади  18 08:30Килиан Мбаппе "Реал Мадрид" тарихидаги Криштиану Роналдунинг рекордини такрорлади  4 08:02ФИФА "Ал Насср" клубига трансфер тақиқи қўйди  1

Yoshlar SHveciyadan oltin medallar bilan qaytishdi Yangiliklar

Yoshlar SHveciyadan oltin medallar bilan qaytishdi

Teglar :  Gothia Cup
Joriy yilning 17-21 iyul kunlari SHveciyaning Gyoteborg shahrida imkoniyati cheklangan futbolchilar o'rtasida "Gothia Cup" turniri bo'lib o'tdi.

Dunyoning 60 dan ziyod mamlakati jamoalari ishtirok etgan musobaqaning guruh bosqichini muvaffaqiyatli yakunlagan hamyurtlarimiz hal qiluvchi bahsda mezbon – SHveciya terma jamoasiga qarshi maydonga chiqishdi. Uchrashuvda to'liq ustunlikka erishgan jamoamiz raqiblarini 5:0 hisobida mag'lub etib, tarixda ilk bor chempionlikni qo'lga kiritishdi.

Kecha, 22 iyul kuni SHveciyadan qaytib kelgan chempion jamoamizni  Toshkent xalqaro aeroportida O'zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, Toshkent viloyati Sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi vakillari hamda sportchilarning yaqinlari tomonidan tantanali kutib olindi.

-Terma jamoa safida  viloyatimizning  Oqqo'rg'on tumanidagi 78-sonli maxsus maktab-internati tarbiyalanuvchilaridan  SHuhrat Jo'raev, Dilshod Jo'raev, Denis Nikitin, Dilmurod Azimov va murabbiy Azamat Mo'minov ham mazkur xalqaro turnirda ishtirok etib, chempionlar safidan joy olishdi,-deydi Toshkent viloyati Sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig'i Rustam Boboqulov. - Ushbu chempion yoshlarimiz kecha Oqqurg'on tumanida ham munosib kutib olinib, hokimlik tomonidan qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi. Mamlakatimiz bayrog'ini xalqaro arenada baland ko'targan chempionalarimizning yorqin g'alabasi yoshlarimizga o'ziga xos havas va sportga bo'lgan ishtiyoqni oshishiga xizmat qilishi tabiiy.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика