So’nggi yangiliklar

16:37CAFA Nations Cup. Ўмон – Ҳиндистон. Таркиблар маълум  0 16:23"Барселона" Фликнинг асосий футболчиларидан бири билан янги шартнома имзоламоқчи  0 15:55Шомуродов ва Файзуллаев ўйнаётган "Истанбул Башакшеҳир" бош мураббийи истеъфога чиқарилди  1 15:35Жанни Инфантино ўзбек спорти раҳбарияти билан ҳамкорликда Олимпия шаҳарчасида бўлди  2 15:11Али Алиев Қозоғистон терма жамоасидаги шармандаликдан сўнг истеъфога чиқди  5 14:25"Манчестер Сити" футболчиси Қозоғистон билан ўйиндан сўнг Дастан Сатпаевни мақтади  5 13:58"Бу Эрон терма жамоасида "олтин авлод"нинг охирги даври бўлиши мумкин" — эронлик журналист  3 13:32Эрон ҳамда Ўзбекистон ўртасидаги финални ким бошқариб боради?  5 13:12Ямаль Туркияда паспортини йўқотди  7 12:56Осиёнинг 2007 йилдаги энг яхши мураббийи Рауф Инилеев 75 ёшда!  5 12:35ФИФА офсайднинг янги қоидасини тасдиқлади  20 12:06Моуринью "Фенербахче"дан ишдан бўшатилишининг асл сабаби маълум  2 11:39Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин бошлади: олдинда Черногория ва Венгрия билан ўйинлар бор  9 11:00"Милан" футболчиси фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттиради  0 10:31Холанд автобусдан тушаётганда жароҳат олди  6

Yoshlar ligasi. "Qo'qon-1912" yoshlari chempionatda ilk marotaba mag'lubiyatga uchrashdi Yangiliklar

Yoshlar ligasi. "Qo'qon-1912" yoshlari chempionatda ilk marotaba mag'lubiyatga uchrashdi

Kecha yoshlar ligasining 14-tur o'yinlariga start berildi. Muhsin Nizomiddinov boshqaruvidagi "Qo'qon-1912" yoshlar jamoasi G'allaorolda "So'g'diyona" mehmoni bo'ldi.
Oxirgi turlarda durangga imzo chekayotgan yoshlarimizdan bugun g'alaba qozonish talab etilgandi. Ammo mezbonlar ham uch ochko ishtiyoqida astoydil xarakat qildi. Darvoqe, uchrashuv o'tkazilgan stadion haqida ikki og'iz to'xtalib o'tsak. Jizzax viloyati G'allaorol tumanida joylashgan "Markaziy" stadionning xolatiga xavas qilib bo'lmaydi. Maydon notekis, tribunada esa muxlislar uchun o'rindiq yo'q!

Qolaversa, ustiga-ustak "So'g'diyona" jamoasida shu kuni shifokor ko'rinmadi. "Qo'qon-1912" shifokorlari esa ketma-ket ikki o'yinki, jizzaxliklarga yordam qo'lini cho'zdi.

Uchrashuv teng kurashlar ostida o'tdi. Asosan markazda futbolchilar to'pga egalik qilish borasida kurash olib bordi.

Birinchi bo'limda hisob ochilmadi. Ikkinchi bo'limda esa 62-daqiqaga kelib, Jasur Hakimov belgilangan jarima to'pini to'g'ri, darvozaga yo'llab hisobni ochishga erishdi.

Goldan so'ng qo'qonliklar tarkibida zaxiradan maydonga tushgan Azamat Tursunov hisobni tenglashtirishiga bir bahya qoldi. Uning kutilmaganda tahminan 25 metrlardan yo'llagan zarbasidan so'ng to'pni raqib posboni SHirinboy Abdullaev arang maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

O'yin shu tariqa yakuniga etdi. "Qo'qon-1912" yoshlar jamoasi chempionatdagi ilk mag'lubiyatini safarda "So'g'diyona" yoshlar jamoasidan qabul qilib oldi.

Endi yoshlarimiz 30 iyul kuni Qo'qonda "Bunyodkor" yoshlarini qabul qiladi.   

 

25.06.2015

Yoshlar ligasi-2015 14-tur

"So'g'diyona" - "Qo'qon-1912" 1:0

G'allaorol. "Markaziy" stadioni.

Hakam: F.Norsafarov (Qarshi).

Nazoratchi
: I.SHaripov (Buxoro).

GOL: Jasur Hakimov, 62.

"So'g'diyona": 72.SHirinboy Abdullaev, 3.SHuhrat Suyarqulov, 4.Asiljon Begimqulov, 5.Alisher Islomov, 7.Sanjar Rihsiboev, 8.Siroj Meliev, 9.SHahboz Jo'rabekov, 10.Jasur Hakimov, 11.Nodir Ibragimov, 14.Fazliddin Abduvaliev, 15.Maruf To'raev.
Zaxira: 1.Mixail Naumov, 2.Anvar Narziqulov, 6.Bekzod Tursunov, 12.SHoxruh Akbarov, 13.Doston Oripov, 17.Sahob Rashidov, 18.Mo'min Meliev.

"Qo'qon-1912": 16.Islom Abdullev, 3.SHoxruh Xolmatov (c), 4.Oybek Rustamov, 5.Xurshid Muxtorov, 6.Ravshan Haydarov, 8.Izzat G'aniev, 10.Iqbol Malikjonov, 21.Doston Meliqo'ziev, 22.Muhammadanas Hasanov, 26.Qahramon Mahamadjonov, 77.Dadaxon Sulaymonov.
Zaxira: 1.Ruslan Matniyozov, 7.Azamat Tursunov, 11.Abduqahhor O'ktamov, 14.Avazxon Mamatxo'jaev, 15.Maruf Zokirjonov, 25.Laziz Nazirov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика