So’nggi yangiliklar

01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  1 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  16 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  0 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  1 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  22 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3

Yoshlar ligasi: “Qizilqum” – “Nasaf” 1:5 Yangiliklar

Yoshlar ligasi: “Qizilqum” – “Nasaf” 1:5

"Nasaf" yoshlari ketma-ket ikkinchi g'alabani tantana qilishdi.

Uchrashuv debyutidayoq vakillarimiz hisobni ochishdi. Jamoamizning navoiylik yarim himoyachisi Islom Kenjaboev navoiyliklar darvozasini ishg'ol etdi. Oradan besh daqiqa o'tgach, futbolchilarimiz hisobdagi farqni oshirishdi. Bu gal Doniyor Narzullaev jamoadoshlari boshlagan hujumni samarali yakunladi. Bo'lim o'rtalariga kelib Sevdiyor Hamroqulov tepgan to'pni kutilmaganda Alibek Turobov qo'lidan chiqarib yubordi va to'p darvoza to'ridan joy oldi.

Ikkinchi bo'limda yosh futbolchilarimiz raqiblari darvozasini yana uch marta ishg'ol etishdi. Dastlab Bobur Abduholiqovni sheriklari ajoyib vaziyatga chiqarishdi. Tobora mahoratini oshirib borayotgan hujumchimiz qiyinchiliksiz darvoza ishg'ol etdi. Keyinchalik birinchi gol muallifi Islom Kenjaboev raqib jarima maydonchasiga kirib borib darvozaga zarba berdi. Navoiyliklar posboni Dilshod Hamroev kutilmaganda to'pni oyoqlari orasida o'tkazib yubordi – 1:4. O'yinga yakuni nuqtani zaxiradan maydonga tushgan Sirojiddin Qo'ziev qo'ydi. U raqibning ikki himoyachisini ajoyib tarzda aldab o'tib to'pni darvozaning pastki uzoq burchagiga aniq yo'naltirdi – 1:5.

Yoshlar ligasi, 20-tur.

“Qizilqum” – “Nasaf” 1:5 (0:2)

Hakamlar:
Dilshod Karimov, Olimjon Abduhalimov, O'ktam Bobomurodov, Zokir Qodirov.

Nazoratchi: I.SHaripov.

“Qizilqum”: Dilshod Hamraev, Viktor Grigorev (Saidjon Hayitov, 17), Sevdiyor Hamroqulov, Doston Abdurahmonov (Husniddin Fazliddinov, 67), Bahrom Narzullaev, Ruslan Iskandarov, Boburjon O'roqov, Nuriddin Rahmatullaev, Sardor Jahonov, Fayzulla Qambarov, Maruf Tillaev (Diyorbek Rahmonov, 70)

Zaxiradagilar: SHaxzod Asatov, , Bobur Jo'raqulov, Sardor Po'latov, G'ayrat Davronov,.

“Nasaf”: 1. Alibek Turobov (12. Umidjon Ergashev, 78) 4. Samandar Ochilov, 5. Rahimbek Javliev, 7. Akramjon Bahritdinov (s), 10. Islom Rashidxonov, 14. Bobir Abdiholiqov (24. Botirjon To'raev, 79), 22. Islom Kenjaboev (47. Sirojiddin Qo'ziev, 72), 28. Sardor Sadullaev (19. Navro'zjon Izzatillaev, 60) 33. Kenja To'raev, 38. Doniyor Narzullaev (9. Dilshod Xushbakov, 46).

Zaxiradagilar: 27. Akbar Murodov, 29. Jahongir Qurbonboev,.

Gollar: Sevdiyor Hamroqulov (27) – Islom Kenjaboev (2, 71), Doniyor Narzullaev (7), Bobir Abduholiqov (63),Sirojiddin Qo'ziev (88).
 
Ogohlantirish: S.Jahonov (57) S.Hamroqulov (74), N.Rahmatullaev (80) - R.Javliev (55), I.Kenjabaev (68).

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика