So’nggi yangiliklar

20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  0 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  0 20:15БАА. "Бани Яс" - "Ал Наср" баҳси асосий таркиблари маълум қилинди  1 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0 19:33Украина чемпионатининг 2017 йилдаги энг яхши мураббийи "Нефтчи" U-21 жамоасида иш бошлади  3 19:05"Барселона" йилнинг илк трансферини келишиб олди  0 18:38Озарбайжон клуби Умарали Раҳмоналиевни сотиб олмоқда  2 18:17"Милан" таркибни немис ҳужумчиси билан кучайтирди  0 17:59Андалусияга қайтиш: Рамос "Севилья" акциядори бўлиши мумкин  0 17:35Даврон Ҳошимов: "Каттақўрғон" бир мавсумлик жамоа эмас. Про лига ўтган йилгидан қизиқарлироқ бўлади"  8 17:08Туанзебе, Балеба, Амад, Маҳрез... Африка Миллатлари Кубоги гуруҳ босқичи рамзий жамоаси  0 16:42"Леганес" аъзоси Лазизбек Мирзаев Ўзбекистонга қайтмоқда  11 16:20Қосимов Ироқ чемпионати 9-турининг рамзий жамоасидан жой олди  1 15:58Станислав Андреев бутсаларини михга илди  12 15:34Манба: Каннаваро Қатардаги машғулотларга кенгайтирилган таркибдан жой олган футболчиларни чақиради  3

Yorqin Nazarov: "Tanaffusda kiyinish xonasiga kechroq yo'l olishni ispanlardan o'rgandim" Yangiliklar

Yorqin Nazarov: "Tanaffusda kiyinish xonasiga kechroq yo'l olishni ispanlardan o'rgandim"

Coca Cola Superligasining 22-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Turon" uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Yorqin Nazarov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz...

- "Paxtakor"ni g'alaba bilan tabriklayman. Ularga OCHLda omad tilayman. Bugun rejadagidek o'yin bo'ldi. 1:0 hisobida ortda borayotganimizda, vaziyatlar sodir eta oldik. Biroq bundan unumli foydalana olmadik. Muvozanatni saqlay olmadik. Yigitlar yomon o'yin namoyish etmadi. Imkoni boricha harakat qilishdi.

- Birinchi bo'limdan so'ng kiyinish xonasiga kechroq yo'l oldingiz, buning sababi nimada?

- Bu jihatni "Surxon"da ishlagan paytlarim ispan murabbiylaridan o'rgandim. CHunki yigitlarda ilk emociyalar yuzaga keladi. Dastlabki muhokama — ularning ishi. Biz ham 3-4 daqiqa ichida yordamchilar bilan futbolchilarning holati to'g'risida gaplashib olamiz. Ispanlardan bir nechta jihatlarni o'rgangandim, bu usul shulardan biri.

- Tarkibda birato'la 5-6 nafar futbolchining jarohat olishi o'z-o'zidan yuz berdimi? Bugun ularning yo'qligi sezildi. Masalan, Murtozaev gollar urardi...

- FIFA kunlarida "Navbahor" bilan o'ynadik. SHu bilan birga, "Qo'qon-1912" bilan uchrashuv o'tkazdik. Bundan jamoalarga qarshi bahslar nazorat maqomida bo'lsa ham, rosman derbi bo'ladi. Murtozaev ushbu bahsda jarohat oldi. Yo'qotishlarga keladigan bo'lsak, asosiy darvozabonimiz diskvalifikaciyaga uchragandi, ikkinchi posbonimiz esa jarohat oldi. SHu bois, uchinchi darvozabon debyut qildi.

- Jamoada jarohatlarning muntazam yuzaga kelishi mashg'ulotlardagi bosimning yuqoriligidan dalolat bermaydimi? CHunki tarkib nisbatan yoshlardan shakllangan...

- Yoshlarda tarkibga kirish ishtiyoqi kuchli. Biroq ularda tajriba yo'q, shu bois, jarohatga yo'liqishmoqda. Bu holat mashg'ulotlarda ham yuz bermoqda. Bu normal holat.

- Yoshlarga ko'p imkoniyat berilishi jarohatlar ko'pligidanmi yoki keyingi mavsum uchun ularni tayyorlash borishdan dalolatmi?

- Ikkalasi ham to'g'ri. Hozir "Turon" yoshlarga etibor qaratmoqda. Kelgusi yil yosh jamoa shakllantirishni maqsad qilganmiz.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика