So’nggi yangiliklar

11:10Хорватия U-17 бош мураббийи: "Ҳеч қандай рақибдан қўрқмаймиз"  5 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар топди  0 10:24АПЛ клуби Родриго трансфери бўйича "Реал" билан музокараларни бошлади  0 09:56Дешам ЖЧ-2026дан кейин қайси клубни бошқариши мумкинлиги маълум бўлди  1 09:28"Ливерпуль" январда ПСЖ етакчиси учун 130 миллион евро тўлаши мумкин  1 08:59Месси: "Мен бутун умримни "Барса"да ўйнаб ўтказаман, деб ўйлагандим"  2 08:31"Челси" "Реал" тарбияланувчисини сотиб олмоқчи  1 08:03Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум  20 07:35Sofascore. Йирик ҳисоб қайд этилган баҳсда футболчиларимиз неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  3 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  2 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   4 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  24 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  6 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  8

Yorqin Nazarov: "Paxtakor-79" bugun bizga jang taklif qildi" Yangiliklar

Yorqin Nazarov: "Paxtakor-79" bugun bizga jang taklif qildi"

O'zbekiston kubogi 1/8 finalidan o'rin olgan "Turon" – "Paxtakor-79" jamoalari o'rtasidagi o'yindan so'ng "Turon" ustozi Yorqin Nazarov matbuot anjumanida qatnashdi.


O'yin haqida 

- Avvalambor, "Turon" muxlislari, jamoa rahbariyati va futbolchilarga rahmat aytaman. Havo issiq bo'lsa ham yaxshi o'yin ko'rsatdik. Raqib birinchi liga jamoasi bo'lgani uchun bizning yigitlar o'yinga to'liq etiborni jamlay olmasliklari mumkinligidan cho'chib turgandim. Amalda unday bo'lmadi va ajoyib g'alabani qo'lga kiritdik. "Paxtakor-79" bugun bizga jang taklif qildi. Uchinchi goldan keyin biroz tin oldik. Yaxshi o'yin bo'ldi.

- "Buxoro" bilan o'yinga qaraganda farqli tarkibni maydonga tushirdingiz. Bu "Nasaf" bilan o'yindan oldingi rotaciya bilan bog'liqmi?

- Bugun bir necha o'yinchilarga dam berdik. Bir ikki futbolchilarni ko'zdan kechirdik. Ular yaxshi taassurot qoldirishdi. Mavsum uzun, hali kimdir jarohat olishi mumkin. SHu manoda baribir zaxira kerak bo'ladi. Keyingi o'yin "Nasaf"ga qarshi. Ushbu o'yinga tayyorlanishni boshlaymiz.

- Jamoada yana bir Osiyo chempioni, Nodirbek Abdurazzoqov paydo bo'ldi. U yigit bugun qaydnomaga kiritilmadi. Bunga sabab nima?

- Kecha Nodirbekni ro'yxatdan o'tkazdik. Ertaga u jamoa bazasiga etib keladi. Keyingi o'yinga tayyorlanishni boshlaydi. Uning formasi qanday ekanini bilib olishimiz kerak. Taktikamizga yaxshi moslashib ketishiga ishonamiz.

- Xolmurodov bugun birinchi taymda yaxshi o'ynay olmadi. Bunga sabab nima?

- U yosh o'yinchi. "Navbahor"ga qarshi o'yinda ajoyib harakat qilgandi. Bugun esa asosiy tarkibda maydonga tushirdik. Harakatlari yaxshi. Sekin-sekin u bizning taktikamizga moslashib ketadi. U juda tez, kelajagi porloq o'yinchi. Bugun bazi holatlarda taktikamizga tusha olmadi. Lekin uning o'yinidan qoniqish hosil qildim. Xolmurodov agarda o'ynab keta olsa, uni yorqin kelajak kutmoqda. 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика