So’nggi yangiliklar

16:35Про лига. "ФарДУ" Нукусда қийин ғалабага эришди  1 16:22"Барселона" мухлислари автобуси ёниб кетди  0 15:46"Ливерпуль" қишда йирик трансферга қўл уради  2 15:13Про лига. 20-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  2 14:56Эшитдик-да! ЎФА қўмитаси "Навбаҳор"дан 3 очко олиб ташлади   12 14:34"Челси" ярим ҳимоячиси яна жароҳат олди  0 14:01Давид Райя — "Арсенал" тарихидаги энг яхши дарвозабон (Opta)  2 13:33ПСЖ Мендеш, Дуэ ва Дембеленинг ҳолати ҳақида маълумот берди  0 13:04"Коринтианс" Депайдан арзонроқ уйга кўчиб ўтишни сўради  2 12:36Лутфуллин бригадаси Миср – Венесуэла учрашувида ишлайди  0 12:09Испания терма жамоасининг ЖЧ-2026 учун уй либоси намойиш қилинди  2 11:35ФИФА "Тинчлик мукофоти"ни таъсис этди  4 11:05Футзал. Бугун терма жамоамиз Озарбайжонга қарши баҳс олиб боради  2 10:40Али Ашур: “Ўйинчиларимдан хурсандман, 0:0 ҳисобидан хурсанд эмасман”  1 10:13Аргентина терма жамоаси ЖЧ-2026 либосини тақдим этди  6

"Yolg'on gapirishda davom eting, haqiqat baribir ro'yobga chiqadi". Benzemaning vakillari uning JCHda o'ynashi mumkin bo'lganini takidlashmoqda Yangiliklar

"Yolg'on gapirishda davom eting, haqiqat baribir ro'yobga chiqadi". Benzemaning vakillari uning JCHda o'ynashi mumkin bo'lganini takidlashmoqda

Karim Benzema terma jamoadagi faoliyatini yakunladi, ammo bu mavzu aktualligini yo'qotganicha yo'q.

Forvard o'tgan jahon chempionatida jarohati sabab umuman o'ynamadi va uni tezda uyiga yuborgan Dide Deshamdan xafadek ko'rinmoqda.

Bu mavzuga Benzemaning do'sti va sobiq agenti Karim Jaziri yangi kuch olib kirdi.



Benzema JCHda o'ynashi mumkinmi-di?


Jaziri bir kun oldin ijtimoiy tarmoqda bayonot bilan chiqdi va Benzemani ataylab turnirdan chetlatishganini malum qildi: "Benzema ketganidan [terma jamoadan] bir haftadan so'ng to'rt kundan so'ng bo'ladigan "Real"ning o'rtoqlik o'yinida 30 daqiqa o'ynash uchun yugurish mashqlarini va mashg'ulotlarni boshlab yubordi... Ammo, Stefana [Gi, Franciya terma jamoasida Deshamning yordamchisi]ning talqiniga ko'ra, u turnirda ishtirok eta olmasdi!

Yolg'on gapirishda davom eting, haqiqat baribir ro'yobga chiqadi".

So'ngra Jaziri forvardning jarohatlangan oyoqlarining suratlari joylangan videoni chop etdi. Va qo'shimcha qildi:

"Buni bu erga joylashdan oldin uch nafar mutaxassis bilan maslahatlashdim va ular Benzemaning 1/8 final o'yinigacha tiklanishi va kamida unda qaydnomaga kirishi mumkin bo'lganini tasdiqlashdi! Nega siz undan bunchalik erta ketishini so'radingiz?"

Tez orada shunga o'xshash fikrni sport shifokori Pedro Luis Ripol Marca gazetasi ruknida aytdi.



Tiklanish muddati – taxminan 21 kun. SHunday bo'ldiki, u 10 dekabrda "Real" bilan shug'ullandi, Franciya esa 14 dekabrda yarim finalda o'ynadi. Karim keyinroq bir kundan so'ng "Leganes"ga qarshi o'rtoqlik o'yinida harakat qildi, Franciya esa bu vaqtda u siz finalga tayyorgarlik ko'rayotgandi. Xulosa: Benzema haqiqatdan ham jahon chempionatida o'ynashi mumkin edi".


Benzemani Qatardan uyiga yuborishganda nima ro'y berdi?


Ispaniyaning Libertad Digital nashrining xabariga ko'ra, Karim JCH startiga bir necha kun qolganda jarohat olgan payti termadan ketmoqchi bo'lmagan.



Masalan, "Real"da Benzemaning tiklanishi uchun bor-yo'g'i uch-to'rt kun kerak bo'lganini davo qilishdi, Karim 15 dekabrda klub safida o'rtoqlik o'yinida harakat qildi.

SHubhasiz, u erda o'ynash shart emasdi, ammo o'sha paytga kelib francuzning sog'ligida hech qanday muammo qolmagandi – mantiqan kerak bo'lganda va motivaciya bilan terma jamoaga ancha oldindan yordam berish mumkin bo'lishini taxmin qilish mumkin. Klub vakillarining so'zlariga ko'ra, Karim o'rtoqlik o'yiniga "hech qanday jismoniy muammolarsiz" chiqqan.

Baribir terma jamoa Benzemani juda tez rad etdi. Media Karimning Desham bilan bo'lgan suhbat mazmunini xabar qildi: futbolchida jarohat malum bo'lgach, murabbiy: "Afsus Karim, ketishingga to'g'ri keladi" degan.

Manbalarning qayd etishicha: forvard o'shanda terma jamoa bosh murabbiyiga kerak bo'lmagan. Uning o'zi ketmoqchi bo'lmagan, ammo bu gapda ishora bor edi.



L'Equipe'ning malumotiga ko'ra, Deshamning maqsadi aniq edi: hujumchi va murabbiy hech qachon hamfikr bo'lishmagan. Francuz nashridan insayd – terma jamoa o'yinchilari Karim ketganidan so'ng o'zlarini engil his qilishgan, bungacha yoshlar uning oldida o'zlariini qulay his qilishmagan.

Francuzlar Benzemasiz finalgacha chiqishdi. U bilan qanday voqealar bo'lishini taxmin qilish mumkin xolos.


Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика