So’nggi yangiliklar

00:50U-20 Осиё кубоги саралаши. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Баҳрайнни ўта йирик ҳисобда таслим қилди  0 00:42Отабек Нарзуллаев: "Бугун айниқса ҳимояда кўп хато қилдик"  2 00:25Вадим Абрамов : "Ғалабадан хурсандман, лекин бундай ўйнаш керак эмас"  1 23:31"Милан" "Брюгге"дан салкам 40 млнлик трансферни амалга оширди  0 23:25Сергей Лушчан: "Тенг кучли жамоалар кураши гувоҳи бўлдик"  2 23:15Расман: Томас Мюллер Канада клуби сафига бориб қўшилди  0 22:50Иван Бошкович: "Асосийси жамоамизда ўйин бор"  1 22:25"Бавария" Emirates билан 7 йиллик шартнома имзолади  0 22:00Суперлига. Дарвозаларга 6 та гол урилган оқшомда "Динамо" камбэк эвазига "Машъал"дан устун келди   29 21:30"Челси" ўз ярим ҳимоячисини таҳминан 30 млн фунтга сотди  0 21:10Суперлига. "Навбаҳор" ўз уйида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади  41 20:49Нуньес "Ал Ҳилол" билан 2028 йилгача шартнома имзолайди. Трансфер суммаси ҳам маълум  3 20:25"Ўзимизнинг "тобуткаш" Кападзега имконият бериш керак" - Миржалол Қосимов МТЖга хорижлик мураббий олиб келиниши ҳақида  33 19:38ПСЖ Сафоновга у асосий дарвозабон бўлмаслигини маълум қилди  3 18:51Исак "Ньюкасл" машғулотларидан четлатилди. Нега?  3

Yoki bugun yoki hech qachon! Yangiliklar

Yoki bugun yoki hech qachon!

Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2018 saralash bosqichining so'nggi turida Toshkentda Janubiy Koreyaga qarshi bahs olib boradi.

Ushbu uchrashuvni barcha futbol muxlislari uchun qiziqarli tuyulmoqda. To'g'ri, chindan ham qiziqarli. Milliy terma jamoamiz bundan avvalgi turda safarda Xitoy terma jamoasiga kichik hisobda imkoniyatni boy berib qo'ydi. Agarda o'sha bahsda vakillarimiz g'alaba qozonishganida, hozir hech bo'lmaganda bizni mag'lubiyatdan tashqari istalgan natija qanoatlantirishi mumkin edi. Har safar saralash bahslarida o'zimizning imkoniyatlardan maksimal darajada foydalana olmaymiz va yakunda guruhdagi raqiblarimizning o'yiniga qarab qolamiz. Bu safargi saralash bahslarida bizga Qatar va Eron terma jamoalari qaysidur manoda bizga ko'maklashib yubordi. 


Bugun “osiyo yo'lbarslari”ni kichik hisobda mag'lubiyatga uchratsak paralel ravishda o'tayotgan bahsda Eronga muxlislik qilishimizga to'g'ri keladi. Biz “Janubiy Koreya”ni yirik hisobda yani 4:0 dan kam bo'lmagan hisobda mag'lubiyatga uchrata olsakgina paralel ravishda o'tadigan bahs ahamiyatsiz bo'lib qoladi. Xitoyga qarshi uchrashuvdan so'ng terma jamoamiz sardori Odil Ahmedov OAVga, “uydagi bahsda yoki g'alaba qozonishimiz kerak, yoki bo'lmasam futbol o'ynamasligimiz kerak”, deya o'z fikrlarini bildirib o'tgandi. Ha, chindan ham Janubiy Koreyaga qarshi uchrashuvda vakillarimiz g'alaba qozonishi kerak. 


G'alaba qozonganda ham “osiyo yo'lbarslari”ni yirik hisobda mag'lub etishi kerak. Agarda futbolchilarimiz bunday natijani qayd eta olishmasa, barchamiz orziqib kutayotgan jahon chempionatini yana 4 yil kutishimizga to'g'ri keladi. Nima bo'lgan taqdirda ham bugun bizni faqat g'alaba qoniqtiradi. Buni terma jamoamiz futbolchilari va murabbiylar shtabi yaxshi tushunib turishipti. Barcha futbol muxlislarini va jurnalistlarni bir savol qiziqtirmoqda. Bugun terma jamoamiz bosh murabbiyi asosiy tarkibda qaysi futbolchilarni maydonga tushirishi mumkin? 


Terma jamoa lageridan “Nasaf” klubi himoyachisi Akmal SHorahmedovga javob berib yuborildi. Uning o'rniga “Paxtakor” futbolchisi Davron Hoshimov terma jamoaga jalb qilindi. Ushbu ikki futbolchi ham o'ng qanot himoyachisi hisoblanadi. Xitoyga qarshi uchrashuvda Samvel Babayan o'ng qanot futbolchisi bo'lgan Akaml SHorahmedov o'rniga markaziy himoyachi Islom To'xtaxo'jaevni asosiy tarkibda maydonga tushirgandi. Afsuski o'sha uchrashuvda vakillarimiz yaratilgan imkoniyatlardan to'laqonli foydalana ololmadi va yakunda kichik hisobda imkoniyatni boy berdik. Bu bilan To'xtaxo'jaev mag'lubiyatga uchrashimizga sababchi degan fikrdan yiroqman. O'sha kuni ko'pchilik futbolchilarimizga omad kulib boqmadi. Terma jamoamiz bosh murabbiyi Samvel Babayan bugun biz kutgan jangovar tarkibni maydonga tushirishiga umid qilamiz. Bu biz uchun yagona imkoniyat, yoki bugun yoki hech qachon. OLG'A O'ZBEKISTON!


Jahongir Sotvoldiev

Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика