So’nggi yangiliklar

21:42Биласизми? "Нефтчи" бу йил сафар ўйинларида мағлуб бўлмади  0 21:24"Қўқон-1912" 3 ойдан бери ғалаба қозона олмаяпти  1 21:11Конференциялар лигаси саралаши. "Викинг" - "Истанбул Башакшеҳир" баҳси асосий таркиблари маълум!  6 21:08Суперлига. "Нефтчи" сафарда "Қўқон-1912"ни қийинчилик билан мағлуб этди  16 21:05Суперлига. "Насаф" – "Андижон" 1:1 (матнли трансляция)  42 20:45"Реал" 3 нафар футболчисига янги шартнома таклиф қилмайди  1 20:20Нестеров, Кападзе, Жепаров, Машарипов... Мирко Еличич ўз қўл остида ўйнаган футболчилардан иборат рамзий жамоа тузди  4 19:53Алаба "Реал"ни тарк этишни режалаштирмаяпти  0 19:332026/2027 йилги мавсум учун Ўзбекистонга нечта квота ажратилди?  1 19:16Шешко МЮга ўтади — Here We Go!  2 18:49"France Football" "Олтин тўп"га даъвогар 30 нафар футболчини эълон қилди: Дембеле, Хвича ва Ямаль рўйхатда  8 18:39Йилнинг энг яхши футбол клуби бўлишга даъвогар жамоалар аниқ  4 18:12Мавсумнинг энг яхши мураббийи бўлиш учун номзодлар маълум  7 17:54Йилнинг энг яхши дарвозабони номига давогарлар маълум бўлди  4 17:33Суперлига. "Навбаҳор" кетма-кет 12 та ўйиндан буён Наманганда мағлубият нималигини билмаяпти  1

Yigitlar, 85-daqiqadan keyin ehtiyot bo'lamiz! Yangiliklar

Yigitlar, 85-daqiqadan keyin ehtiyot bo'lamiz!

Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasi Janubiy Koreyaga qarshi o'ta muhim bahsda maydonga tushadi.

Bugungi g'alaba bizga jahon chempionati eshiklarini ochadi, faqat Erondagi uchrashuvda Suriya yutib qo'ymasa bo'lgani. Kecha bo'lib o'tgan o'yinoldi matbuot anjumanida termamiz bosh murabbiyi Samvel Babayan bor etibor g'alaba qozonishga qaratilishini aytib o'tdi. 

Albatta, biz ham shundan umidvormiz. Har holda o'z maydonimizda Janubiy Koreyani hali mag'lub etmaganmiz va bugungi o'yinda ushbu noxush ananaga barham berilishini kutyapmiz. 

Jamoamizga omad tilagan holda shuni iltimos qilardikki, futbolchilarimiz oxiriga qadar o'ynashsin. Ayniqsa, 85-daqiqadan keyin hushyorlikni yo'qotib qo'ymasliklarini so'rab qolamiz. Negaki mazkur saralash bosqichida yutqazgan o'yinlarimizni tahlil qilsak, beshtadan to'rttasida nuqul oxirgi daqiqalarda gol o'tkazib yuborganmiz. Yani, beshta mag'lubiyatdan to'rttasida aynan 85-daqiqadan keyin o'tkazib yuborilgan gollar tufayli mag'lub bo'lganmiz. 

Masalan, safarda kechgan Janubiy Koreyaga qarshi uchrashuvni olaylik. Birinchi taymda hisobni ochgan bo'lishimizga qaramay, ikkinchi bo'limda ikkita to'p o'tkazib yuborgandik. Ayniqsa, raqibning ikkinchi goli 86-daqiqada kiritilgani dillarni xira qilgandi. Keyinchalik Suriya bizga 90-daqiqada penaltidan gol urib yutib ketdi. Undan keyin “Ozodi” stadionida Eronning ikkinchi goli 88-daqiqada ro'y berdi. Va mana endi o'tgan o'yinda Xitoy urgan gol 85-daqiqada qayd etildi.

Kechagi matbuot anjumanida Samvel Babayanga mazkur savol bilan murojaat qilganimizda, murabbiy Eron, Janubiy Koreya hamda Suriya bilan bahslarda aynan o'yin oxirida hushyorlik yo'qolgani, Xitoyda esa hakam yo'q joydan penalti o'ylab topganini gapirdi. Lekin bularning bari endi o'tmish. Biz xohlardikki, oxirgi o'yinda yana shu holat yuz bermasin va "Bunyodkor" stadionida Janubiy Koreyani mag'lub etaylik. 

X.Xoliqov. 


Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика