So’nggi yangiliklar

22:04Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг расмий машғулоти  2 21:15Февзи Давлетов: "Рустам Турдимуродов жамоада қоладими? Тўғриси, бу саволга жавоб бериш мен учун қийин"  4 21:00Асрор Алиқулов: "Оддий вазиятда хатога йўл қўйиб гол ўтказиб юбордик"  0 20:42Месси "Камп Ноу"га келиб, стадионга кириш учун шахсан рухсат сўради  11 20:02Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Шўртан"дан устун келди  16 19:50"Галатасарой" президенти Месси билан боғлиқ миш-мишлар ҳақида: "Биз бундай музокаралар олиб бориш мумкин бўлган даражага етдик"  5 19:21"Реал" Винисиус билан янги шартнома бўйича музокараларни тўхтатди  4 18:52Тимур Кападзе: "Мухлисларга доимий қўллаб-қувватлов, энергия ва жамоага бўлган ишончи учун катта раҳмат!"  18 18:35Puma Африка Миллатлар Кубоги тўпини тақдим этди  0 18:07"Барселона" бельгиялик вингерга кўз тикди  0 17:38"Барселона" "Атлетико" футболчисини Левандовскига ўринбосар деб билмоқда  4 17:12Ўзбекистон иқтидорларининг энг катта бозори — U-19 чемпионати плей-офф баҳслари эртадан старт олади  2 16:37U-17 Жаҳон чемпионати. Панамани олдин ҳам ютганмиз  4 16:14Ўзбекистон U-17 устози Исмоиловга водий жамоалари қизиқмоқда  18 15:53Мбаппе ва Винисиус ўртасидаги зиддият кучайиб бормоқда  7

Yarmolenko: "Rossiya armiyasi har kuni ukrainaliklarni o'ldirayotganda futbol haqida o'ylash qiyin" Yangiliklar

Yarmolenko: "Rossiya armiyasi har kuni ukrainaliklarni o'ldirayotganda futbol haqida o'ylash qiyin"

"Vest Xem" vingeri Andrey Yarmolenko "Aston Villa"ga (2:1) qarshi o'yindan so'ng matbuotga gapirishga kuch topdi.

"Mamlakatimdagi vaziyat tufayli qayg'udaman. Rossiya armiyasi har kuni ukrainaliklarni o'ldirayotgan bir paytda futbol haqida o'ylash men uchun juda qiyin.

Rostini aytsam, nima deyishni bilmayman. Meni doim, har kuni qo'llab-quvvatlayotgan jamoadoshlarimga rahmat aytmoqchiman. Meni va barcha ukrainaliklarni qo'llab-quvvatlayotgan "Vest Xem" muxlislariga ham. Barcha britaniyaliklarga rahmat, chunki bizni qo'llab-quvvatlayotganingizni his qilamiz.

Muxlislarning qo'llab-quvvatlashini his qildim va maydonda bor kuchimni berishga harakat qildim, chunki bugungi o'yin biz uchun qanchalik muhim ekanini bilardim. Men o'yinga 100% tayyor emasdim, chunki oxirgi ikki hafta ichida uch yoki to'rt marta mashg'ulot o'tkazdim. 26 fevraldan boshlab to'rt kun dam olishga ruxsat berildi. Men faqat oilam va xalqimni o'ylardim. Maydonda bor kuchimni berishga harakat qildim.

Murabbiy, jamoadoshlarim va muxlislarning qo'llab-quvvatlashini his qilish men uchun juda muhim. Bu tuyg'uni his qilganimda, muxlislar va klub uchun bor kuchimni beraman" — dedi Yarmolenko.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика