So’nggi yangiliklar

10:13"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" футболчиси учун курашда етакчилик қилмоқда  0 09:44Бир қатор спорт юлдузлари Франция жамоасининг инвесторларига айланишди  0 09:15АПЛнинг кўплаб жамоаларидан қизиқиш бўлаётган Шешко келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:46"Ал Насср" яна бир португалиялик ТОП футболчига таклиф билан чиқди  0 08:17Максим Шацких: “Ёзги йиғиндан ва селекциядан кўнглим тўлди”  4 07:45Суперлига. Бугун дахшат учрашувлар бор  17 07:20Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Машъал" устидан ғалаба қозонди, ОКМК эса "Бухоро"ни мағлуб этди  0 00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  3 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  2 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  3 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  11 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  8 22:20Manchester Evening News журналисти "Ман Сити"нинг Ҳусанов бўйича режаларини хабар қилди  5

Yaponiyalik jurnalistlar xavotirda Yangiliklar

Yaponiyalik jurnalistlar xavotirda

Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogi guruh bosqichidagi oxirgi o'yinini o'tkazadi.

Vakillarimiz guruh peshqadamligi uchun Yaponiyaga qarshi bahs olib borishadi. O'yin Al Ayndagi "Xalifa bin Zayed" stadionida bo'lib o'tadi va Toshkent vaqti bilan 18:30da boshlanadi. 

Kecha media markazda ish qizg'in bo'ldi. Bugun yanada ko'p bo'ladi. Hali zamon yaponiyalik jurnalistlar kelib qolishadi. O'yindan oldingi matbuot anjumanida "Kunchiqar yurt"dan tashrif buyurgan bazi hamkasblarimiz bilan suhbatlashishga muvaffaq bo'ldik. Yaponiyadan 150ga yaqin jurnalist kelgan, deydi "Nikkei" gazetasi xodimi Akitomo Kishina. 

Imkoniyatlar haqida so'radim. "Bizda hozir avlodlar almashinuvi ketyapti, jahon chempionatidan so'ng bosh murabbiy o'zgardi. Akira Nishino o'rnini Xajime Moriyasu egalladi. Oldingi murabbiy federaciyada vice-prezident bo'lib ishlayapti. Yangi murabbiy esa etiborni yoshlarga qaratishni xush ko'radi", - deydi yapon hamkasbimiz. 

"Imkoniyatlar haqida esa menimcha durang bo'ladi: o'yin 1:1 yoki 2:2 hisobida yakun topsa kerak. Bizda hozir kuchli futbolchilar yo'q, eng yaxshi o'yinchimiz 21-raqamdagi Ritcu Doan hisoblanadi. U Gollandiyaning "Groningen" klubida o'ynayapti. Murabbiy shu futbolchi atrofida o'yinni qurishga harakat qilyapti", - deya o'z fikrini davom ettirdi Akitomo Kishina. 

O'z navbatida boshqa bir jurnalist O'zbekiston terma jamoasidagi uchta futbolchi haqida alohida fikr bildirdi: darvozabon Ignatiy Nesterov, jamoa sardori Odil Ahmedov va hujumchi Eldor SHomurodov. Uchala o'yinchi ham yaxshi formada deb aytdi. 

SHu paytgacha necha marta Yaponiya qarshi o'ynagan bo'lsak, to'g'risi o'zim ko'rgan uchrashuvlar orasida birinchi marta yapon jurnalistlarining xavotirga tushishini ko'rishim. Ular chindan ham O'zbekiston terma jamoasidan qo'rqishyapti. Oldinlari Yaponiya Toshkenga kelib ham bemalol o'ynab ketadi va jurnalistilari bamaylixotir yurardi. 

Endi bo'lsa vaziyat o'zgardi. Mana ikki kundirki Al Aynda ularning hammasi xavotirda. Juda ko'pchilik hamkasblarimiz bugungi O'zbekiston bugungi Yaponiyadan kuchli ekanini aytishmoqda. Ishqilib ularning xavotirga tushgani rost bo'lsin. Bugun biz yo yutaylik, yo durang o'ynaylik. Hammamiz keyingi o'yin uchun SHarjadagi stadionga borishni xohlaymiz. Dubaydan Al Aynga kelib ketish oson emas ekan. Buni futbolchilarimiz ham juda yaxshi tushunib turishibdi. 

Reyting: +53   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика