So’nggi yangiliklar

10:13"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" футболчиси учун курашда етакчилик қилмоқда  0 09:44Бир қатор спорт юлдузлари Франция жамоасининг инвесторларига айланишди  0 09:15АПЛнинг кўплаб жамоаларидан қизиқиш бўлаётган Шешко келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:46"Ал Насср" яна бир португалиялик ТОП футболчига таклиф билан чиқди  0 08:17Максим Шацких: “Ёзги йиғиндан ва селекциядан кўнглим тўлди”  4 07:45Суперлига. Бугун дахшат учрашувлар бор  17 07:20Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Машъал" устидан ғалаба қозонди, ОКМК эса "Бухоро"ни мағлуб этди  0 00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  3 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  2 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  2 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  11 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  8 22:20Manchester Evening News журналисти "Ман Сити"нинг Ҳусанов бўйича режаларини хабар қилди  5

Yaponiyalik jurnalist: "Menimcha, ikkala jamoa ham Avstraliyaga duch kelmaslik uchun o'ynaydi" Yangiliklar

Yaponiyalik jurnalist: "Menimcha, ikkala jamoa ham Avstraliyaga duch kelmaslik uchun o'ynaydi"

Osiyo Kubogida guruh bosqichi bugun o'z nihoyasiga etadi.

O'zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi maydonga tushadi. O'yin boshlanishiga sanoqli daqiqalar qolayotgan bir paytda yaponiyalik hamkasbimiz, "Asahi TV" muxbiri Yota Nagaxatani suhbatga tortdik.

- O'yin startiga juda oz vaqt qoldi. Qanday taxmin bildirasiz?
- Ikkala jamoaning asosiy tarkibida o'zgarishlar borligini ko'rdim. SHunga qaramay, bahs qiziqarli kechadi deb o'ylayman. Bu o'yinda guruh peshqadami kim bo'lishi malum bo'ladi. Menimcha, zaxira variantidan kim yaxshi foydalansa, o'sha yutib ketadi. O'ylaymanki, Yaponiyada g'alabaga bo'lgan imkoniyat ko'proq. Buni yapon bo'lganim uchun aytmayapman, balki jamoalarning kuchidan kelib chiqib aytdim. Bazi futbolchilar avvalgi o'yinda ishtirok etishmadi va ular bugungi o'yinga tayyor. SHunchaki taxmin qilaman: bugungi bahsda har ikki jamoa ham keyingi bosqichdagi raqib Avstraliyadan qochish uchun o'ynaydi. CHunki Avstraliya juda kuchli raqib.

- Yaponiya terma jamoasining boshlang'ich tarkibi haqida nima deya olasiz?
- Ikkita o'yindagi g'alabadan so'ng tarkibda o'zlgarishlar bo'lishi kutilgandi. 10 nafarga yaqin futbolchi almashgan. Menimcha, bu o'zgarish ham bizning g'alabaga bo'lgan imkoniyatimizni susaytira olmaydi. Bizda ikkita kuchli tarkib bor.

- Yaponiya termasi tarkibida bugun kim o'zini ko'rsatishi mumkin?
- 14-raqam (Junya Ito), 13-raqam (Yoshinori Muto) va 10-raqam (Takashi Inui)dan ko'p narsa kutyapman. Takashi Inui jahon chempionatida Belgiya darvozasiga ikkita gol urgandi.

- O'zbekiston terma jamoasidan kimni ajratib ko'rsatasiz?
- Odil Ahmedov zaxirada qolibdi. Lekin uning o'rnida o'ynaydigan Fozil Musaev ham kuchli futbolchi. Uni "Jubilo Ivata"dagi o'yinlari orqali bilaman. Menimcha, bugun Yaponiya ko'p hujum qiladi, O'zbekiston esa asosan himoyada o'ynaydi.

X.Xoliqov suhbatlashdi.

Reyting: -16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика