So’nggi yangiliklar

01:55Лига 1. Хвичанинг дубли ПСЖга "Осер" устидан ғалабани тақдим этди  0 01:14"Ливерпуль" янги битимни эълон қилди  1 00:47Баҳром Ҳайдаров: "Иккита мағлубиятдан сўнг фожиа ясаш нотўғри"  1 00:45Гвардиола мавсумда 16 та ўйинда мағлуб бўлди. "Ман Сити" устози фаолиятидаги антирекордни янгилади  4 23:38Рўзиқул Бердиев: "Қўқон-1912" анча курашувчан жамоа эканлигини билардик"  4 23:30Саудия Арабистони чемпионати. "Ал Файҳа" сўнгги дақиқаларда урилган голлар эвазига "Ал Ухдуд"ни мағлуб этди, Шукуров 90 дақиқа ўйнади  1 22:46Суперлига. "Шўртан" мавсумдаги илк ғалабасини бир киши кам бўлиб қолган "Андижон" устидан қўлга киритди  80 22:31Англия кубоги. "Манчестер Сити" финалда "Кристал Пэлас"га мағлуб бўлиб, жорий мавсумда соврин ютиш имкониятини қўлдан чиқарди  84 21:51Вадим Абрамов: "Жуда ёмон ўйин намойиш этдик. Мухлислардан узр сўрайман"  3 21:31Улуғбек Бакаев: "Мағлубиятли сериядан сўнг қайд этилган дурангни яхши натижа деб ҳисоблайман"  9 21:20"Ливерпуль" 35 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  4 20:57Суперлига. "Қўқон-1912" ўз майдонида "Насаф"га мағлуб бўлди   28 20:42Германия Бундеслигасида 2024/25 йилги мавсум якунланди  3 20:38РПЛ. "Рубин" меҳмонда учта тўп ўтказиб, мағлубиятга учради, Ашурматов бу сафар ҳам захирада қолдирилди  2 20:00Суперлига. Захирадан тушганлар ўзини кўрсатган "Бухоро" – "Динамо" ўйинида жанговар дуранг қайд этилди  24

Yaponiyalik futbolchilar Ispaniyani zabt etishmoqda Yangiliklar

Yaponiyalik futbolchilar Ispaniyani zabt etishmoqda

Yaponiyaning Ispaniyadagi revolyuciyasi endi boshlanmoqda.

Yaqinda "World Football Summit"ning navbatdagi konferenciyasi bo'lib o'tdi. U Yaponiyada futbolning rivojlanishiga bag'ishlangandi. Unda ko'plab masalalar ko'rib chiqilgan bo'lsa-da, aniq ikki umumiy maqsadni sezish mumkin bo'ldi: birinchisi, 2050 yilga borib Jahon CHempionatini yutishga qodir kuchli milliy termani shakllantirish, ikkinchisi esa mahalliy chempionatni rivojlantirib, undagi raqobatni kuchaytirish evaziga APL, Primera, A Seriya va Bundesligaga etib olish.

Micuru Muray J-liga prezidenti vaziyatga shunday izoh berdi: "Mamlakatimiz axolisining deyarli yarmi sportga qiziqmasligini inobatga olsak, biz yaxshi natijalarga erisha oldik. Albatta, bunda bizga jahon futboli yulduzlari – Andres Inesta, David Vilya va Fernando Torresning kelishi katta yordam berdi. SHuningdek, biz Xitoydek gigant bilan kurashishimizni ham yodda tutish zarur".


Yaponiya chempionati faqatgina o'zi va nomi uchun faoliyat yuritmaydi. Oliy liganing barcha klublari o'z akademiyalarini rivojlantirishlari: ularning har birida 15 yoshdan - 18 yoshgacha bo'lgan toifadagi jamoalar bo'lishi shart. Bundan tashqari, asosiy tarkibda kamida yoshlar jamoasining 2 nafar vakili bo'lishi va 21 yoshdan katta bo'lmagan 1ta futbolchi bo'lishi belgilab qo'yilgan. Bu katta futbolga kirib kelayotgan, terma jamoada o'ynash niyatida bo'lgan yoshlar uchun juda yaxshi imkoniyat. 

Takefusa Kubo va Xiroki Abe – ushbu tizimning yorqin namoyondalari. Ular "Tokio" va "Kasima Antlers"ning turli yoshdagi jamoalarida tajriba to'plashdi va o'z kuchlariga ishondilar. Natijada, keng jamoatchilik etiboriga tushib, bugungi kunda ispan grandlari safini to'ldirishdi. Kubo va Abe Yaponiya milliy termasi safida maydonga tusha boshlaganlariga ko'p bo'lmagan bo'lsa-da, ular terma bilan Amerika Kubogiga borib kelishga ulgurishdi.

Takefusa Kubo: "Barselona" orqali "Real"ga

O'z vaqtida Kubo o'sha mashhur "La Masiya"da tahsil olardi va futbolning sir-asrorlarini o'rganardi. Lekin 4 yil o'tgach, u "Tokio"ga qaytishga majbur bo'ldi, aynan shu klubda Takefusa katta futbolga qadam qo'ygandi. Kuboning o'zi vaqti kelib asosiy jamoa tarkibida maydonga tushishni orzu qilardi va uni "yangi Messi" deb atashlaridan juda quvonardi. 

Yodingizda bo'lsa, 2015 yil "Barselona" yosh futbolchilar bilan shartnoma belgilash tartibini bir necha bor buzganligi uchun FIFA Ispaniya chempioniga ikki trasfer oynasi vaqtida yangi o'yinchilarni ro'yxatdan o'tkazishini taqiqlab qo'ydi. SHunday qilib, Kubo Yaponiya qaytib ketdi.

Muammolar hal bo'lib, o'ziga kelgach, kataloniyaliklar yana "yangi Messi"ni klubga qaytarish harakatiga tushishdi. SHu sababli, shu yil yoz faslining boshlarida Kuboni xarid qilish uchun astoydil harakat qildilar. Lekin vaziyatni Madridning "Real" klubi ham kuzatib turgandi va "Qirollik klubi" shartnoma taklifi bilan Takefuseni "ilib" ketdi. 1,2 mln evro miqdoridagi oylik Kastilyada faqatgina Edegor va Vinisiusda bo'lgan.

SHu bilan birga, Kubo vakillari bilan uchrashuvda madridliklar futbolchi dastlabki mavsumni yoshlar jamoasida, Raul Gonsales qo'l ostida o'tkazishi borasida kelishib qo'yishdi. Hozircha esa "Barselona"ning 18 yoshli tarbiyalanuvchisi Zinedin Zidan, Eden Azar, Serxio Ramos va Luka Modrich bilan birga mavsumoldi yig'inida ishtirok etmoqda.

Xiroki Abe: Kuboning bo'sh qolgan o'rnini egallaydimi?

Nafaqat Yaponiya o'z futbolchilarini evropaning turli mamlakatlari bo'ylab "tarqatishi" zarur, balki "Barselona" ham "yangi bozor", yangi auditoriyaning etiborini qaratish uchun harakat qilishi kerak. SHuning uchun, klub ofislarida Takefusa Kuboni bevosita o'rnini bosa oladigan futbolchini ko'pchilik bilmasa-da, Xiroki Abe bo'ladi deb hisoblashdi.

SHu o'rinda, Abe – shunchaki Yaponiya etiborini tortish, Kuboning o'rnini to'ldirish, yoki transfer orqali pul ishlash yo'li emas. U o'tgan mavsum yakunlari bo'yicha J-liganing "Eng yaxshi yosh futbolchisi". Vaqtida ushbu sovrinni Gaku SHibasaki (Xetafe, Deportivo), Xiroki Sakai (Gannover, Marsel), Yuji Nakazava (Yokogama), Sidzi Ono (Feyenord, Boxu) va Yoshikacu Kavaguchi (Yokogama, Portsmut, Jubilo Ivata) qo'lga kiritgan.

Qiziq jihati shundaki, "Barselona" 20 yoshli Abe transferi uchun "Kasima Antlers"ga 1,1 million evro to'ladi va 40 million evro miqdorida tovon pulini belgilab qo'ydi. Biroq bu klausula faqatgina Xiroki ikkinchi jamoa uchun o'ynay boshlaganda kuchga kiradi, Xirokining ishlari o'ngidan kelib, u asosiy tarkibga o'tadigan bo'lsa - narx avtomatik ravishda 100 million evrogacha ko'tariladi.

Abening transferi bu qadar tezlashib ketganining yana bir sababi: kataloniyaliklar 27 iyul kuni "Vissel Kobe"ga qarshi Yaponiyada (Saytama, Noevir) o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishadi. Tabiiyki, mahalliy muxlislar uchun yaponiyalik yosh futbolchi Ispaniya grandi safida qaytishi katta voqea bo'ladi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика