"Everton" Kuboga qiziqib qoldi
28 iyu 19:43
Yangiliklar


"Everton" Kuboga qiziqib qoldi
Ispaniyaning "Real Sosedad" jamoasida to'p tepayotgan yaponiyalik vinger Takefusa Kubo Angliyaning "Everton" klubi etiborini tortdi.
Bu haqda "Liverpool World" xabar berdi.
San-Sebastyan klubi prezidenti Xokin Aperribay bu malumotga quyidagicha izoh berdi:
"Kubo, Brais [Mendes] va [Aleks] Remiro haqida mish-mishlar bor. Bizda ular bo'yicha hech qanday taklif yo'q. Bozor shovqini... Men bozor shovqini nima ekanligini bilmayman".
Mavsum oralig'ida Martin Zubimendi "Real Sosedad"ni tark etib, 65 million evro evaziga Londonning "Arsenal" jamoasiga o'tdi.
24 yoshli Kubo o'tgan mavsum klublar miqyosida 52 o'yinda qatnashib, 7 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning narxi 30 million evroga baholanmoqda.
O’xshash yangiliklar
00:10
Uche Brianseo Nvadike: "Osiyo kubogi saralash bosqichida nimalarga qodir ekanligimizni ko'rsatamiz" 0

Fikrlar