Yaponiya bosh murabbiyi g'alabadan so'ng: "Biz Germaniyadan o'rganishda davom etamiz"
24 noy 2022 08:30
Yangiliklar
Yaponiya bosh murabbiyi g'alabadan so'ng: "Biz Germaniyadan o'rganishda davom etamiz"
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi Xajime Moriyasu Germaniyaga qarshi o'yindan so'ng (2:1) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Buni tarixiy onlar va tarixiy g'alaba deb hisoblayman. Yapon futbolining rivoji haqida gapirsak, biz ishga kirishganmiz. Futbolchilar ham chetga ketishmoqda.
Bu ligalar [Germaniya ligalari] yaponiyalik futbolchilarning rivojiga o'z hissasini qo'shgan. SHuning uchun biz bundan minnatdormiz va buni qadrlaymiz. Ammo raqib kim bo'lishidan qati nazar biz g'alabaga intilamiz.
Ko'p germaniyalik futbolchi va murabbiylar yapon futboli rivojiga o'z hissalarini qo'shishgan. Bugun Yaponiya g'alaba qozondi. Bundan tashqari, Yaponiya Germaniya va butun dunyodan o'rganishda davom etadi. Bu bizning kelajakdagi rejamizdir", - dedi Moriyasu.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar