So’nggi yangiliklar

15:34Манба: Каннаваро Қатардаги машғулотларга кенгайтирилган таркибдан жой олган футболчиларни чақиради  0 15:05"Челси" раҳбарияти янги мураббий танлашда қайси тамойилга амал қилиши маълум  0 14:38Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!  4 14:10"Андижон" вингери "Бухоро"га ўтиши мумкин  2 13:42Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди  3 13:19Расман: Олег Зотеев "Локомотив"га қайтди  2 12:57ОКМК футболчиси Австралия клубига ўтди  3 12:30"Насаф" Бозоров ва Голбан билан хайрлашди  12 12:24Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  28 12:102026 йилда бўладиган халқаро мусобақалар  3 11:44"Нефтчи" Туркияга йўл олмоқда. Таркибда кимлар бор?  11 11:26Мозийга қайтиб... Бир сурат тарихи  0 10:52Энцо Мареска товон пулининг бир қисмидан воз кечди  1 10:23ESPN АПЛнинг ўтган йилдаги энг яхши ўнта ёзги трансферлари рўйхатини эълон қилди  1 09:54"Ал Ҳилол" хусусий клубга айланмоқда  3

Yaponiya ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi: "O'zbekistonga qarshi qiyin uchrashuv kutib turibdi" Yangiliklar

Yaponiya ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi: "O'zbekistonga qarshi qiyin uchrashuv kutib turibdi"

Parij-2024 Olimpiya o'yinlariga ikkinchi saralash bosqichi doirasida o'tkazilgan Yaponiya - Hindiston (7:0) uchrashuvidan so'ng Yaponiya ayollar terma jamoasi jamoasi bosh murabbiyi Futoshi Ikeda matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida...

- Bugungi o'yin Olimpiya uchun birinchi qadam bo'ldi. O'yin biz uchun katta ahamiyatga ega edi. Futbolchilarimdan ko'nglim to'ldi, ularning ko'pchiligi bugun gol urishdi. Maydon yaxshi holatda emasligi uchun bugun tezkor o'yin namoyish eta olmadik. Keyingi uchrashuvga qadar 3 kun vaqtimiz bor. Mashg'ulotlarda ko'proq hujum qilish uslubimizni rivojlantirishimiz kerak. Keyingi uchrashuvlardagi raqiblarimiz ancha xavfli. Buyog'iga oson o'yinlar yo'q.

- Hindiston kabi zich himoyalanadigan jamoalarga qarshi hujum qilish qanchalik qiyin?

- Bizda kuchli individual mahoratga ega futbolchilar bor. 12 raqamli futbolchimiz (Tagashi) bugun ajoyib o'yin o'tkazdi va Hindiston himoya chizig'ini yorib o'tdi. Uning qanotidan uyushtirilgan hujumlarning barchasi juda xavfli bo'ldi.

- Yaponiyada ayollar ligasida o'ynaydigan futbolchilar bilan legionerlarning darajasi haqida gapirib o'tsangiz? Ularning darajasidagi farq katta emasmi?

- Mahalliy futbolchilarimiz bugun yaxshi o'yin o'tkazishdi. Evropada to'p tepayotganlar ham yaxshi formada. Evropada o'ynaydigan legionerlarimiz yig'inga kechroq qo'shilishdi. Ular o'rtasidagi farq shunda xolos.

- Keyingi uchrashuv O'zbekiston terma jamoasiga qarshi. O'zbekiston terma jamoasidan nimalar kutmoqdasiz?

- O'zbekiston mezbon jamoa va ularga qarshi o'yin oson bo'lmasligi aniq. Har bir terma jamoa o'z muxlislari ko'z o'ngida yaxshiroq o'ynaydi. Keyingi uchrashuvgacha bor yo'g'i uch kun qoldi. O'zbekiston ham bugun o'ynaydi va ularning o'yinini tahlil qilib chiqishimiz kerak.

- Yaponiya erkaklar terma jamoasi 2030 yilda jahon chempionatida g'olib bo'lishni maqsad qilganligidan xabardormiz. Ayollar terma jamoasining maqsadlari qanday?

- Bizda maqsad bo'yicha belgilangan vaqt yo'q. Biz uchun eng katta maqsad kelajak uchun baza tashkil etish. Hozir qilayotgan ishlarimizning natijasini kelajakda ko'ramiz. Hozirgi rejamiz esa dunyoning top jamoalari qatoriga kirish.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика