So’nggi yangiliklar

00:45МЮ яна Шешко вариантига қайтди. Бунинг учун клуб ўйинчи сотиши керак  0 00:19"Сўғдиёна" ўртоқлик ўйинида "Абдиш Ата" клуби билан дуранг ўйнади  2 23:59Винисиус янги шартнома бўйича "Реал"да Мбаппедан кўпроқ маош олишни истамоқда  5 23:35"Реал" Конатенинг трансфери бўйича "Ливерпуль" билан алоқага чиқди  2 22:45"Барса" Рэшфордни тўлиқ сотиб олиши учун қанча тўлаши кераклиги маълум. Футболчи маоши бироз камайишига рози бўлган  3 22:25"Нефтчи" ўртоқлик ўйинида Қирғистоннинг "Нефтчи" клубини ўта йирик ҳисобда ютди  11 22:01Мбемо "МЮ"да тиббий кўрикдан ўтди ва шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3 21:35Расман: Тома Табатадзе "Бухоро" клубига ўтди!  17 21:07"Динамо" Беларусда ўтказилган назорат ўйинида маҳаллий жамоага ютқазди  1 20:35АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 20:15Расман: Жаҳонгир Абдусаломов "Динамо" футболчисига айланди  3 19:49Сауль "Атлетико" билан шартномани бекор қилиб, турк клубига ўтади  0 19:34МЮ Жексоннинг агенти билан музокара ўтказди  2 18:50Петар Шегрт: “Лёв билан бўлган суҳбатимиз ОАВда тарқалиб кетишини истамайман. ЎФАдан бўлган таклиф ҳақида сўрамайман. Тожикистондан кетганимга сабаб…”  12 18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  2

Yangilangan O'FF totalizatorga qarshi kurashni boshladi! Yangiliklar

Yangilangan O'FF totalizatorga qarshi kurashni boshladi!

SHu kungacha “Federbet” tashkiloti O'FFga bir necha marta xat yo'llagan bo'lib, unda aksar o'yinlarga noqonuniy tarzda pul tikilganligi va tikilayotgan pullar aniq maqsadda, yani natijani bilish orqali amalga oshirganligi to'g'risida ogohlantirib kelgan.
Aynan shu tashkilotning O'FFga yozgan navbatdagi xati "Obod"ga nisbatan chora ko'rilishi bilan yakunlandi. Yaqindagina PFLning rasmiy saytida chiqqan xabarda shunday yoziladi:

"SHu bilan birga Oliy liganing 20-turi doirasidagi “Obod” – “So'g'diyona” (2:4) va 22-turidan o'rin olgan “Obod” – “Nasaf” (0:6) o'yinlarida qayd etilgan natijalarning shubhali ekanligi aytilgan “Federbet” xalqaro notijorat federaciyasining O'zbekiston Futbol Federaciyasiga yozgan xati ham O'zPFL Ijroqo'mining yakuniy qaror qabul qilishida asos bo'lib xizmat qildi".

“Federbet” qanday qilib uyushtirilgan natijalarni aniqlaydi?
Aniq bir o'yinga muddatidan avval aniq bir yirik hisob uchun stavkalar ko'payib ketadi. Kichik hisob qayd etilib turgan o'yinlarning so'nggi daqiqalarida gollar ko'payib ketadi va uning ketma-ketligi ham bashoratchilar tomonidan aniq topiladi.

Tabiiyki bu totalizator kompaniyalari uchun zarar. Futbol jamoalari kelishgan holda ularni chuv tushirishga harakat qilishadi. Totalizator kompaniyalari ko'proq tennischilardan zarar ko'radilar.

Agar haqiqatdan ham O'FF har bir xatga jiddiy ahamiyat qaratadigan bo'lsa, futbolimiz yana bir qadam oldinga tashlagan bo'ladi.

Bugungi kunda O'zbekiston chempionatining birinchi ligasida afsuski, isbotimiz yo'q, bunday holatlar juda ko'p kuzatilishi yuqoridagi kompaniya tomonidan aytib kelinadi. Aftidan bu ketishda 2018 yil jiddiy ishlar olib boriladi.

Mazkur ishni oxirigacha etkazishda O'FFga omad tilaymiz! SHu kabi ishlarni amalga oshirgan murabbiylarni esa licenziyasidan bir umrga mahrum qilishni taklif etamiz.
Reyting: +43   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика