"Yangier-quruvchi" Toshkentda "Neftchi"ga qarshi o'ynaydi
09 iyu 2022 23:30
Yangiliklar
"Yangier-quruvchi" Toshkentda "Neftchi"ga qarshi o'ynaydi
O'z qarorgohida o'quv-mashg'ulotini davom ettirayotgan "Yangier-quruvchi" jamoasi yozgi tayyorgarlik yig'ini doirasida nazorat uchrashuvlarini ham o'tkazishi oldindan rejalashtirilgan.
Rejaga ko'ra, yangierliklar Superliga va Pro liga ishtirokchilariga qarshi nazorat bahsida ishtirok etishni maqsad qilgan.
SHu sababli “Yangier-quruvchi” klubi yozgi yig'ini davomidagi dastlabki nazorat bellashuvini 13 iyul sanasida Toshkentda Vitaliy Levchenko boshchilik qilayotgan “Neftchi” jamoasiga qarshi o'tkazadi.
Navbatdagi bellashuv esa 16 iyul kuniga belgilangan bo'lib, shu kuni jamoa “G'ijduvon”ga qarshi o'tkazishni rejalashtirgan.
SHuningdek, avgust oyiga qadar bir nechta o'yinlar tashkil qilinishi ko'zda tutilgan. Jumladan, Superliganing bir nechta jamoalari bilan bahslashish borasida kelishuvga erilishgan. Bu haqda klub matbuot xizmati keyinroq batafsil malumot beradi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar