So’nggi yangiliklar

18:38Озарбайжон клуби Умарали Раҳмоналиевни сотиб олмоқда  0 18:17"Милан" таркибни немис ҳужумчиси билан кучайтирди  0 17:59Андалусияга қайтиш: Рамос "Севилья" акциядори бўлиши мумкин  0 17:35Даврон Ҳошимов: "Каттақўрғон" бир мавсумлик жамоа эмас. Про лига ўтган йилгидан қизиқарлироқ бўлади"  5 17:08Туанзебе, Балеба, Амад, Маҳрез... Африка Миллатлари Кубоги гуруҳ босқичи рамзий жамоаси  0 16:42"Леганес" аъзоси Лазизбек Мирзаев Ўзбекистонга қайтмоқда  7 16:20Қосимов Ироқ чемпионати 9-турининг рамзий жамоасидан жой олди  1 15:58Станислав Андреев бутсаларини михга илди  8 15:34Манба: Каннаваро Қатардаги машғулотларга кенгайтирилган таркибдан жой олган футболчиларни чақиради  3 15:05"Челси" раҳбарияти янги мураббий танлашда қайси тамойилга амал қилиши маълум  2 14:38Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!  12 14:10"Андижон" вингери "Бухоро"га ўтиши мумкин  6 13:42Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди  18 13:19Расман: Олег Зотеев "Локомотив"га қайтди  4 12:57ОКМК футболчиси Австралия клубига ўтди  4

“Yangier-Quruvchi” bosh murabbiyi Diyor Mirzaboev bilan suhbat Yangiliklar

“Yangier-Quruvchi” bosh murabbiyi Diyor Mirzaboev bilan suhbat

Pro liga ishtirokchisi “Yangier-quruvchi”ga yangi bosh murabbiy taklif qildi.

Diyor Mirzaboev yangierliklar ustoziga aylandi. SHundan keyin uning fikrlariga quloq tutdik. 

- Mazkur jamoadan qanday taklif bo'ldi?

-  Mendan avval jamoaga tajribali No'mon Hasanovni taklif qilishgandi. Lekin nomalum sabablarga ko'ra, tomonlar kelisha olishmaganidan keyin jamoa menejeri Valijon aka Sultonov taklif bilan chiqdi. Bunga qadar ishsiz edim. SHu sababli taklif juda qiziq tuyuldi. O'zbekiston Superligasi va Pro ligasi uchrashuvlarini diqqat bilan kuzatib borayotgandim. Xususan, mavsum arafasida “Yangier-quruvchi” tarkibi yaxshi shakllantirilgandi. Bu tarkib mening fikrimcha, Pro liganing qolgan jamoalarinikidan kuchliroq ko'rinishda edi. Abduqaxxor Xojiakbarov, Qahramon Bahodirov, Suhrob Berdiev, Timur Usmonov, Asiljon Begimqulov va Siroj Melievlar Superligada toblangan yigitlar edi. O'ylagandimki, jamoa Pro ligada sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritishi mumkin deb. Taqdir taqozosi bilan “Yangier-quruvchi”dan taklif bo'ldi. O'ylab-o'tirmay taklifni qabul qildim.  Ilgari “Mashal” bilan Yangierga ko'p marotaba kelganman va sharoitlarni yaxshi bilardim. Ishni boshlab oldik va vaziyatni ijobiy tomonga o'zgartirishga urinamiz. 

- Ayni vaqtda jamoa Pro liga jadvalida 9-o'rinni egallab turibdi. Tarkib yaxshi shakllantirilganiga qaramay, natijalar yaxshi emas. Bunga nima sabab deya olasiz? 

- Bu kabi holat jahon futbolida ham uchratish mumkin. Deylik, tarkib juda zo'r yig'ilgan bo'lishiga qaramay, natijalar yaxshi bo'lmaydi. Bular vaqtinchalik holat deb bilaman. SHu o'rinda jamoani ilgari boshqargan murabbiylar shtabiga minnatdorchilik bildiraman. CHunki ular yaxshi jamoani shakllantirib ketgan. Mashg'ulotlarda kuzatib, avvalgi bahslarni tomosha qilib, shuni ko'rdimki, jamoaga biroz omad etishmayapti. Jamom uchta penaltidan foydalana olmagan. 

- Klub o'z oldiga qanday vazifa qo'yilgan?

- Albatta, aniq vazifalar qo'yildi. Deylik, klub rahbari Mahmud aka bilan gaplashganimizda, har bir o'yinda muvaffaqiyat qozoni aytilgan. Lekin vaziyatdan chiqib, o'zimizga vazifa qo'ysak, chempionatni 5-o'rinda yakunlash shart. Asosiysi, oldinda turgan uchta bahsda muvaffaqiyat qozonib, vaziyatni o'nglashimiz kerak. 

- Viktor Kumikov va Aleksandr Xomyakov bilan ishlagansiz. Ulardan o'rgangan ishlaringiz asqotadimi?

- Bilasizmi, 2017 yilda "Mashal-2" klubida bosh murabbiy sifatida ishlaganman. Ilhom Qurbonov tashabbusi bilan jamoani qabul qilib olganman. 31 yosh bo'lsamda, rahbariyat ishonch bildirgandi. Keyinchalik Ildar Sakaevdan ko'p narsa o'rganmanman. Undan keyin Aleksandr Xomyakov va Viktor Kumikovga yordamchi murabbiyi vazifasida ko'maklashdim. Bilimimni oshirib bordim. O'rganganlarim menga asqotishiga ishonchim komil. Barchasini vaqt ko'rsatadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика