Yangi Zelandiya U-20 termasi sardori: "O'zbekiston kuchli jamoa ekan"
24 may 2023 01:56
Yangiliklar
Yangi Zelandiya U-20 termasi sardori: "O'zbekiston kuchli jamoa ekan"
U-20 jahon chempionati 2-turi doirasida O'zbekistonga qarshi o'yindan keyin Yangi Zelandiya termasi futbolchisi Finn SHurmen o'z fikrlarini bildirdi.
- O'zbekiston termasi haqidagi fikrlaring?
- O'zbekiston juda juda kuchli jamoa ekan. Ancha ko'p energiya sarfladik. O'zbekistonlik futbolchilar juda kuchli va top darajadagi o'yinchilar ekan.
- Natijadan mamnunmisan?
- O'yindan oldin so'raganingizda, balki rozi bo'lardik. Biroq, ikki to'p farqi bilan ustunlik qilayotganimizdan so'ng bir ochkoni qo'lga kiritganimiz biroz hafsalamizni pir qildi.
- Murabbiy o'yindan oldin uzoq masofadan zarba berish haqida ko'rsatma berganmidi? Sababi, ikkala gol ham uzoq masofadan yo'llangan zarbadan so'ng kiritildi.
- Yo'q, yo'q. SHunchaki, hujumchilarimiz mahoratli edi. Yo'llangan zarbalar ham ajoyib chiqdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Fikrlar