Yangi Zelandiya futbolchilari Qatarga qarshi o'rtoqlik o'yinida ikkinchi taymda maydoncha chiqishmadi
19 iyu 2023 23:09
Yangiliklar
Yangi Zelandiya futbolchilari Qatarga qarshi o'rtoqlik o'yinida ikkinchi taymda maydoncha chiqishmadi
Yangi Zelandiya terma jamoasi o'rtoqlik o'yinini yakunlab qo'ymadi.
Yangi Zelandiya Avstriyada Qatarga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazayotgan edi. Birinchi taymdan so'ng Okeaniya vakillari 1:0 hisobida g'alaba qozonayotgandi.
Himoyachi Maykl Boksell nomiga irqchilik ruxidagi haqoratlar yangraganidan so'ng futbolchilar ikkinchi taymda maydonga tushishni xohlashmadi.
"Maykl Boksell birinchi taymda qatarlik futbolchi tomonidan irqchilik ruxidagi so'zlar bilan haqorat qilindi. Hakamlar hech narsa qilishmadi, shusababli jamoa ikkinchi taymga chiqmaslikka kelishib oldi" - deyiladi terma jamoa bayonotida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
Fikrlar