So’nggi yangiliklar

15:18Ўзбекистон U-19 чемпионати — Осиёда йилнинг энг яхши ёшлар лигаси  1 14:4924 ёшли дарвозабон, амалдаги чемпионни ютган мураббий, термага чақирилмайдиган вингер, турни безаб берувчи голни урган хавбек — Суперлигада 28-турнинг энг яхшилари  0 14:27Исақов, Папава, Плетнёв, Умар, Дориев... Суперлига 28-тур рамзий терма жамоаси  0 14:01Гвардиола: "Силва — мен учратган энг ақлли футболчилардан бири"  0 13:29Эшитдик-да! Кападзе Индонезия терма жамоаси бош мураббийи бўлишга яқин  21 13:12Арне Слот ҳакамлардан норози: "Лайнсмен байроқни кўтариш учун 13 сония вақт сарфлади"  0 12:45Фердинанд МЮ натижасига катта ҳисса қўшаётган 3 футболчини ажратиб кўрсатди  1 12:07"Челси" "Реал" ортга қайтаришни хоҳлаётган истеъдодга эътибор қаратди  4 11:40Нагельсманн Германиянинг ноябрь ойидаги йиғинидан тажриба майдони сифатида фойдаланиш ниятида эмас  0 10:49АПЛнинг ўртамиёна жамоаси "Барселона" футболчисига 80 миллион евро беришга тайёр  4 10:00Стивен Жеррард Чемпионшип жамоасини бошқариши мумкин  2 09:32"Реал" Винисиусга нарх қўйди  15 09:07Лионель Месси: "Умид қиламанки, қачондир қайтаман"  6 08:41Италия МТЖ собиқ мураббийи "Ал Садд" бош мураббийи бўлади (Фабрицио Романо)  2 08:16Футзал. Бугун бронза учун майдонга тушамиз  0

Yangi murabbiy bilan ikkinchi Superkubok sari. "Paxtakor" mavsumga tayyormi? Yangiliklar

Yangi murabbiy bilan ikkinchi Superkubok sari. "Paxtakor" mavsumga tayyormi?

2022 yilning dastlabki o'yini O'zbekiston Superkubogi bahsiga ham oz qolmoqda.

Superkubok bahsi bilan mamlakatimizdagi katta futbol bayramiga ham start beriladi. "Paxtakor" mavsumga qanchalik tayyor? Quyida shu haqida gap boradi. 

Tayyorgarlik rejasi 

 8 yanvar sanasidan boshlab mashg'ulotlarni boshlagan "sherlar" 4 fevral kuni Toshkentdagi yig'inni yakunladi. Mana shu vaqt ichida yangi murabbiy Slavche Voyneski boshchiligida "Paxtakor" "Yangier" (2:0) va "Do'stlik" (6:0) jamoalariga qarshi nazorat bahslarida maydonga tushdi. 5 fevral kuni Antaliyaga yo'l olgan "sherlar" bir qator kuchli va nomdor klublarga qarshi o'rtoqlik o'yinlari o'tkazdi. Natijalar esa quyidagicha bo'ldi. "Minay" 1:0,  "Ufa" 1:1, "Dinamo Tbilisi" 0:3. "Dinamo Kiev" 0:0. 



 VIDEO. SAfarda. "Paxtakor" Kievning "Dinamo"si bilan durang o'ynadi + Azizbek Turg'unboev bilan intervyu 


VIDEO. CAfarda. "Paxtakor"ning yirik mag'lubiyati, Slavche Voyneskidan intervyu, 


Tarkibdagi o'zgarishlar

Avval xabar berganimizdek, klub dastlab Mirjahon Mirahmadov, Sardor Rashidov, Ikrom Aliboev bilan rasman shartnoma imzolaganini malum qildi. "Paxtakor"ning Turkiyadagi yig'iniga esa Oliver SHarkich, himoya chizig'iga ukrainalik Aleksey Larin, Kamen Xajiev kelib qo'shildi. O'rtoqlik uchrashuvlarida ushbu ikki himoyachi o'zidan yomon taassurot qoldirgani yo'q. SHuningdek, "Lokomotiv" bilan shartnoma imzolagan Jasurbek Yoqubov kuni kecha "Paxtakor" azosiga aylandi. So'nggi yangiliklarga qaraganda klub Jaloliddin Masharipovni ortga qaytarish harakatiga kirishgan. Poytaxt klubi qishki transferlar oynasida malum bir yo'qotishlarga uchradi. Anzur Ismoilov, SHarof Muhiddinov, Boyan Matich, Marlen CHobanov, Doston Hamdamov endilikda faoliyatini boshqa jamoada davom ettiradi. Qolaversa hujum chizig'i vakili SHerzod Temirov ayni pallada "Persepolis" qiziqishlari doirasida turibdi. 


"Paxtakor"ning taxminiy tarkibi 

Sanjar Quvvatov, Farruh Sayfiev, Kamen Xajiev, Aleksey Larin, Xojiakbar Alijonov, Odil Hamrobekov, Sardor Sobirxo'jaev, Ikrom Aliboev, Aziz Turg'unboev, Sardor Rashidov, Dragan CHeran

Aziz Turg'unboev - 22 fevral kuni bo'lib o'tadigan Superkubok uchrashuviga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Turkiyadagi yig'in juda yaxshi tashkillashtirildi. Ko'rgan bo'lsangiz, "Dinamo Tbilis" bilan bahsda yaxshi vaziyatlar yaratdik. Faqatgina hujumni yakunlash o'xshamadi. Kievliklarga qarshi oxirgi bellashuv hisoblangani uchun yigitlar bilan kelishib borimizni berishga harakat qildik. Ha, ular Ukraina chempioni. Biz esa O'zbekiston chempionimiz. Xudo xohlasa Superkubokka tayyormiz, deya olaman. 

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика